Yaponiya AQSh aviatsiyasi mashg‘ulotlari uchun kimsasiz orolni sotib olishga qaror qildi – OAV
Yaponiya mudofaa vazirligi AQSh harbiy-dengiz kuchlari aviatashuvchi kemalaridagi samolyotlarning mashg‘ulotlarini ko‘chirish uchun mamlakat janubi-g‘arbidagi Kagosima prefekturasida joylashgan Mage orolini 16 mlrd iyenga (147 mln dollar) sotib olishga qaror qildi. Bu haqda Yomiuri nashri xabar berdi. Dastlabki kelishuv joriy haftada imzolanadi.
Hozirda Tokiodagi xususiy kompaniyaga tegishli kimsasiz orol mart oxirigacha harbiylarga topshiriladi. Samolyotlarning kemalar palubasidan uchishi va ularga qo‘nishi mashg‘ulotlari katta shovqin bilan kechadi va Yaponiyada aholi hamda mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralari tomonidan noroziliklarga olib kelgan.
Shu sababli bu mashg‘ulotlar deyarli kimsasiz bo‘lgan Ivodzima oroliga ko‘chirilgandi. Biroq bu orol juda olisda – Tokiodan 1200 km uzoqlikda joylashgan.
Natijada 2011 yildayoq ikki davlat harbiylari mashg‘ulotlar poligonini Mage oroliga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqishni boshlashgan. Bu orol AQShning Xonsyu orolidagi Ivakuni aviabazasidan 400 km uzoqlikda joylashgan. Bu yerga hozirda AQSh paluba aviatsiyasining 60 ga yaqin samolyoti o‘tkazilgan.
Maydoni 8 kvadrat kilometrni tashkil qiladigan orolda aerodrom va Yaponiya qurolli kuchlarining boshqa obektlarini qurish mo‘ljallanmoqda. Keyinchalik bu obektlardan AQSh harbiy aviatsiyasi bilan birgalikda foydalaniladi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda ikkita yangi ekologik loyiha ishga tushirildi
O‘zbekiston | 14:50
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston mehnat migratsiyasi bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolaydi
O‘zbekiston | 14:44
-
Bayden Trampning bir qator taniqli raqiblarini afv etdi
Jahon | 14:30
-
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20
Mavzuga oid
11:31
Yaponiyalik keksa ayollar qashshoqlikdan qochish uchun qamoqxonaga tushishga urinmoqda
10:09
Tramp chegarada favqulodda holat e’lon qildi va Kapitoliyga bostirib kirganlarni afv etdi
08:38
Tramp o‘z inauguratsiyasida bir qator radikal tashabbuslarni e’lon qildi
21:35 / 20.01.2025