Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonda aytiladi.
Belgilanishicha, tugatilayotgan Davlat raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi va Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasidagi mablag‘lar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armalari o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:
davlat mulki ijarasidan tushadigan mablag‘lar, ijara to‘lovini to‘lash kechiktirilganligi uchun penya va shartnoma majburiyatlari buzilganlik uchun jarimalar summasi;
korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ni, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (davlat aktivlari) sotishdan tushgan mablag‘lar;
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ilgari berilgan qarzlar bo‘yicha qarzdorlar tomonidan asosiy summa va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar;
tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar;
xo‘jalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgandagi davlat ulushi bo‘yicha tushumlar;
auksionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy ofertalarning oldi-sotdi bayonnomasi yoki shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan g‘oliblardan ushlab qolingan zakalat summalari;
davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari;
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ilgari o‘tkazilgan mablag‘lar qaytarilgandagi tushumlar;















