2024 yil 16 oktyabrda “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni e’lon qilindi. Hujjatda körsatilgan özgarişlar va ularga nega ehtiyoj bölgani haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova izoh berdi.

Nega professional ta’lim muassasalari birlaştirilyapti?

Hozirgaça professional ta’lim tizimi 3 ta turdagi – 333 ta kasb-hunar maktabi, 112 ta kollej va 227 ta texnikumdan  iborat bölgan. Bu muassasalar tabaqalaşgani va dasturlari örtasida uzviylik bölmagani sabab ularning quvvatlaridan unumli foydalanilmagan.

“Endi prezident farmoni bilan 3 ta turdagi muassasalar optimallaştirilib, ularning negizida barça darajalar va yönalişlar böyiça kadr tayyorlaydigan yagona muassasa turi – texnikumlar taşkil etiladi. Bunda 672 ta profta’lim muassasalari negizida 600 ta texnikum taşkil etiladi, 71 ta ta’lim muassasalari maktablarga berilib, 42 mingta yangi öquvçi örinlari yaratiladi. Ta’lim darajalarining uzviyligi, uzluksizligi va integratsiyasi ta’minlanadi hamda ularning smena koeffitsiyenti normallaşadi”, – dedi Nazokat Abduqunduzova.

Öqiş muddati öquvçi va kasbga moslaştiriladi

Mas’ulning tuşuntirişiça, endi professional va oliy ta’lim modullarini yagona dasturga birlaştiriş va “2+2”, “1+3” kabi moslaşuvçan dasturlar böyiça öqitişni yölga qöyiş mumkin böladi. Şuningdek, texnikumlarda öqiş muddatlari va davomiyligi kasb murakkabligi va öquvçining ta’lim darajasiga qarab belgilanadi. Misol uçun, ekspeditor kasbi böyiça 9-sinf bitiruvçisi 3 yil öqisa, 11-sinf bitiruvçisi – 2 yil öqiydi.

Özlaştirilgan modullardan kelib çiqib ta’lim dasturlarining öqitiş muddatlari belgilanadi. Örta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarining bitiruvçilari özlaştirgan modullari, töplangan kreditlari va oliy ta’lim taşkiloti tomonidan belgilangan ballar örtaça qiymati(GPA)dan kelib çiqib, bakalavriatning muayyan bosqiçidan öqişni davom ettiriş imkoniyatiga ega böladi.

Farmonga köra, texnikumlarning mustaqilligi kengaytiriladi va ular iş beruvçilar talabi asosida fanlar soni va soatlarini 30 foizgaça özgartiriş va qöşma dasturlarni joriy qiliş imkoniyatiga ega böladi. Texnikumlar buyurtmaçilar bilan kontrakt asosida kadrlarni tayyorlaş böyiça şartnomalar tuziş, bu dasturlarning qabul parametrlari, ta’lim tili va qiymatini mustaqil belgilaydi. Şuningdek, texnikumlarga mahsulotlar işlab çiqariş va sotiş, tuşgan pullar hisobidan özining moddiy holatini yaxşilaş, öquvçilar va pedagoglarni rağbatlantiriş huquqi beriladi.

Xalqaro ta’lim dasturlari kiritiladi

Farmonga köra, dasturlar sifati va jozibadorligini oşiriş maqsadida 14 ta texnikumda tajriba tariqasida 12 ta kvalifikatsiya böyiça “Pirson” kompaniyasining BITEK dasturi joriy qilinadi. Ma’lum qilinişiça, “Pirson” yetakçi xalqaro ta’lim taşkiloti bölib, dunyo böylab 784 ta markazga ega va uning 90 foiz bitiruvçisi iş bilan ta’minlanadi. Bunda har bitta texnikumda BITEK dasturi böyiça alohida bölim taşkil etiladi. Bölim xodimlari “Pirson” kompaniyasi bilan hamkorlikda dastur joriy qilinişini töliq muvofiqlaştirib boradi. BITEK dasturi joriy qilingan muassasalarga töliq akademik mustaqillik beriladi.

“BITEK dasturlarini amaliyotga kiritiş natijasida 180 nafar pedagogning malakasi oşiriladi va yiliga 1 680 nafar öquvçi öqişga qabul qilinadi. Bitiruvçilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi va 200 dan ortiq xorijiy universitetlarga kiriş imkoni yaratiladi. Natijada rivojlangan davlatlardagi malakali va yuqori daromadli iş örinlariga yuborilgan muhojirlar kölami oşadi. BITEK dasturlarini joriy qiliş natijasidan kelib çiqib bu tajriba bosqiçma-bosqiç boşqa texnikumlarga ham tatbiq etiladi”, – dedi Abduqunduzova.

Öqiş jarayoniga iş beruvçilar jalb qilinadi

Nazokat Abduqunduzovaga köra, hozirgaça qabul parametrlari va ta’lim dasturlari iş beruvçilar talabi asosida emas, balki ta’lim muassasalaridagi öqituvçilar va mavjud asbob-uskunalardan kelib çiqib şakllangan. Şu sabab ayrim hududlarda muayyan örta böğin kadrlarga ehtiyoj bölsa-da, texnikumlarida mutaxassislar tayyorlaş yölga qöyilmagan.

“Buni özgartiriş uçun qabul parametrlarini şakllantiriş böyiça elektron platforma yaratiladi, barça vazirlik va iş beruvçilar unga ulanadi. Texnikumlarning ta’lim dasturlari tarmoq kengaşlari, tadbirkorlar birlaşmalari, yirik iş beruvçilar va uyuşmalar bilan kelişilganidan söng amaliyotga kiritiladi”, – dedi u.

Şuningdek, endilikda yakuniy attestatsiyalarni texnikum xodimlari emas, iş beruvçilar va uyuşmalar vakillari ötkazadi.

Yagona boşqaruv tizimi joriy qilinadi

Hozirgaça profta’limda yaxlit boşqaruv tizimi mavjud bölmagani va muassasalar 27 ta vazirlik va idoralar böysunuviga berilgani sabab ularning faoliyati samarali taşkil etilmaganini aytadi matbuot xizmati rahbari. “Vazirliklar örtasida muvofiqlaştiriş bölmagani sababli 75 ta kasbga öqitiş markazida öqitilayotgan 30 dan ortiq kasblar yaqin hududdagi 275 ta profta’lim muassasasida ham öqitilyapti. Şunga köra, profta’limda taşkiliy-boşqaruv va metodik masalalarni muvofiqlaştiruvçi va yagona davlat siyosatini yurituvçi organ sifatida Oliy ta’lim vazirligi belgilanmoqda”, – deb qöşimça qildi u.

Şuningdek, profta’lim muassasalarini adabiyotlar va jihozlar bilan ta’minlaş va öquv jarayonini raqamlaştiriş maqsadida Oliy ta’lim vazirligi huzurida alohida jamğarma taşkil etiladi. Unga vazirlikning budjetdan taşqari jamğarmasidan 50 mlrd söm va davlat budjetidan 2025 yilda 50 mlrd söm ajratiladi.

Qöşimça qilinişiça, texnikumlarning direktor va direktor örinbosarlari Oliy ta’lim vazirligi platformasi orqali oçiq tanlov asosida tanlanadi. Texnikum direktorlari bilan 3 yillik mehnat şartnomasini tuziş va faoliyat natijasidan kelib çiqib, ular bilan şartnomani uzaytiriş yoki bekor qiliş tartibi joriy etiladi.