O‘zbekiston YaIM 2018 yilda 407,5 trln so‘mni tashkil qildi. Aholi jon boshiga YaIM - 12,3 mln so‘m
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekiston YaIM hajmi joriy narxlarda 407,5 trln so‘mni tashkil etdi va 2017 yil bilan taqqoslaganda 5,1 foizga o‘sdi.
Davlat statistika xabariga ko‘ra, aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 12,3 mln so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3 foizga yuqori.
Qo‘mitadan ta'kidlashlaricha, iqtisodiy o‘sish sur'ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog‘liqdir.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 88,8 foizini tashkil etdi va 5,1 foizga o‘sdi.
Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 11,2 foizni tashkil etdi va 5,5 foiz darajasida o‘sish qayd etildi.
YaIM o‘sish sur'atiga sanoat tarmog‘i eng katta ta'sir ko‘rsatdi (2,1 f.p.) va o‘tgan yilga nisbatan 10,6 foizga o‘sdi.
Sanoat tarmog‘idagi ijobiy dinamika tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i qo‘shilgan qiymatining 28,2 foizga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatining 6,4 foizga va boshqa sanoat tarmoqlarining 4,7 foizga o‘sishi hisobiga ta'minlandi.
2018 yil yakunlari bo‘yicha, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoati qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to‘g‘ri keldi va 24,5%ni tashkil etdi.
Oziq ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi 17,0%, to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish - 16,1%, rezina, plastmassa buyumlar va boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish - 11,3%, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish - 9,2%, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar hamda boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish - 7,4%, elektr uskunalar ishlab chiqarish - 3,5% va ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatining boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish - 11,0%ni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda eng ko‘p oylik bankirlarda, eng kami shifokor va o‘qituvchilarda ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024