Statistika: O‘zbekistonda eng ko‘p oylik bankirlarda, eng kami shifokor va o‘qituvchilarda
2018 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida eng yuqori o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi bank sohasi xodimlarida qayd etildi, eng kami - sog‘liqni saqlash sohasida. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi saytida xabar berilgan.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1,8 mln so‘mni (216 AQSh dollari) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 25,0%ga o‘sgan.
Ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud.
O‘zbekistonda eng yuqori daromadlar bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohalarida: ular bir oyda o‘rtacha 3,5 mln so‘m (420 dollar) olishadi.
Eng kam oylik ish haqi ta'lim sohasida - 1,3 mln so‘m (156 dollar) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida - 1,1 mln so‘m (130 dollar).
Savdo xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 1,9 mln so‘mni (228 dollar) tashkil etdi, qurilishda - 2,2 mln so‘m (265 dollar), tashish va saqlashda - 2,5 mln so‘m (300 dollar), san'at, ko‘ngilochar va dam olish sohasida - 1,6 mln so‘m (190 dollar).
2018 yilning noyabr oyi boshida O‘zbekiston hukumati davlat ishidagi xodimlar ish haqini oshirishga qaror qildi: o‘qituvchilarga - 10 foiz, tibbiyot xodimlariga - o‘rtacha 26,5 foiz.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hukumat mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga o‘zgartirish kiritgandi.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024