Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Maqsud Qurbonboyev “yaşirin iqtisodiyot”ni bartaraf etiş böyiça öz takliflari bilan çiqdi.
Uning qayd etişiça, “yaşirin iqtisodiyot”ning yaşab kelayotgani iqtisodiyotning ösişiga salbiy ta'sir körsatmoqda.
“Ma'lumki, “yaşirin iqtisodiyot”ni butkul yöq qiliş hali heç bir mamlakatda erişilmagan natija hisoblanadi. Bu nobop tizimning yalpi içki mahsulotdagi kattagina “uluşi” davlat budjeti daromadlariga va iqtisodiyot rivojlanişiga tösqinlik qilişi tabiiy.
Şuning uçun uşbu masalada rivojlangan davlatlarning bosib ötgan yöli çuqur tahlil qilinib, özimizga mos bölgan yönalişlarga tayanib, uni batamom yöq qiliş borasida bosqiçma-bosqiç çoralar körişimiz lozim, deb öylayman”, - deydi deputat.
Uning aytişiça, köplab rivojlangan mamlakatlarda “yaşirin iqtisodiyot”ning uluşi va ta'sirini minimal darajada kamaytirişga erişilgan. Bu natija oddiy aholining turmuş darajasi yuqori darajada bölişiga zamin yaratgan.
“Yaşirin iqtisodiyot”da valuta qora bozorining örni juda katta hisoblanadi. Mamlakatimizda ham, eng yirik naqd pul aylanmalari xorijiy valuta bölmiş AQŞ dollarida amalga oşiriladi (noqonuniy yirik bitimlar, uy-joy oldi-sotdisi, avtomobil oldi-sotdisi va boşqa köplab tovarlar oldi-sotdisi).
Bankdan taşqari aylanayotgan bunday xorijiy valutaning bevosita milliy valutamizga nisbatan yetkazayotgan zarari oxir-oqibat sömimizning qadrsizlanişiga bilvosita ta'sir körsatmoqda. Aksariyat mahsulotlarning çetdan naqd pulga sotib olib keltirilişi yoki xufiyona bitimlar tufayli mahsulotlarning mamlakatimizga olib kirib sotilişi köp jihatdan soliqdan yaşirgan holda foyda körib işlayotgan tadbirkorlar va ularni qöllab-quvvatlab turgan boşqa şaxslarga qöl kelmoqda. Eng yomoni, bu öz tadbirkorligini yölga qöyib, halol işlayotgan yoki işlab çiqarayotgan mahsulotlarini qonuniy realizatsiya etayotgan, raqobatbardoş mahsulotlarni köpaytirayotgan şaxslarga jiddiy ziyon yetkazadi.
Deylik, töqimaçilik fabrikasida tayyor holda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi xufiyona işlab çiqarilgannikidan albatta yuqori böladi. Sababi, fabrika xodimlarga iş haqi tölaşi, işlab çiqarişdagi, asosiy vositalar amortizatsiyasi va şunga öxşaş xarajatlarni qoplaşi zarur. Bu kabi xarajatlar, albatta, mahsulotning tannarxida öz ifodasini topadi.
Yaşirin sexda işlab çiqarilgan mahsulotning tannarxida esa, bunday xarajatlar yöqligi sababli, bozorda narxi arzon, bozori çaqqon böladi.












