Savdo-sanoat palatasi «Yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş töğrisida»gi qaror loyihasi yuzasidan munosabat bildirdi.
Mazkur qaror loyihasi joriy yilning 27 aprel kuni Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça jamoatçilik kengaşi yiğilişida atrofliça muhokama qilingan va Kengaş a’zolari tomonidan loyiha böyiça konseptual takliflar bildirilgan.
Qaror loyihasi kengaş yiğilişida bildirilgan hamda idora va vazirliklarning tomonidan berilgan takliflar asosida qayta körib çiqiladi.
Şu bilan birga, hujjat loyihasi hukumatga kiritilişidan oldin amaldagi qonunçilikda belgilangan tartibda regulation.gov.uz portali orqali jamoatçilik fikr-mulohozasini örganiş va takliflarini oliş uçun keng jamoatçilik muhokamasidan ötkaziladi.
«Uşbu jamoatçilik muhokamalari (tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari, olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalari) asosida loyiha töliq qayta körib çiqiladi va tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir etuvçi tartib-taomillar va talablar bartaraf etilgandan söng loyiha hukumatga körib çiqiş uçun kiritiladi», deyiladi Savdo-sanoat palatasi rasmiy munosabatida.
Soliq qömitasi ham har bir Soliq tölovçining fikr va mulohazalarini hurmat qilişini qayd etib, jamoatçilik muhokamalari asosida loyiha töliq qayta körib çiqilişini ma’lum qildi.
Avvalroq, yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş dasturi doirasida Soliq qömitasi yana kartadan kartaga ötkazmalarni nazorat qilişga urinayotgani tanqidlarga sabab bölgandi. Şuningdek, loyihadan naqd pulda xarid qilgan fuqarolarga keşbek bermaslik, QQSni qaytariş muddatini uzaytiriş va soliq organlariga tadbirkorning hududiga kiriş vakolatini beriş kabi takliflar ham örin olgandi.













