Vazirlar Mahkamasining “Noyob ilmiy obektlarni aniqlaş, ularni saqlaş va monitoringini olib boriş bilan boğliq faoliyatni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Noyob ilmiy obektlarni aniqlaş, ularni saqlaş va monitoringini olib boriş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, ilmiy faoliyat uçun alohida ahamiyatga ega bölgan, tadqiqot işlarining saviyasini jahon andozalari darajasiga kötarişda muhim ahamiyatga ega hamda mazkur Nizomda belgilangan tartibda noyob ilmiy obektlar röyxatiga kiritilgan ilmiy muassasalar, ilmiy faoliyatga möljallangan noyob asbob-uskunalar, kolleksiyalar, nodir jamğarmalar va boşqa ilm-fan uçun noyob hisoblanadigan obektlar noyob ilmiy obekt deb hisoblanadi.
Obektlarni noyob ilmiy obektlar röyxatiga kiritiş (röyxatdan çiqariş) hamda ularni moliyalaştiriş böyiça takliflarni öz tasarrufida oliy ta'lim va ilmiy muassasalari bölgan vazirliklar va idoralar Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligiga taqdim etadilar.
Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi Fanlar akademiyasi, vazirliklar va idoralar hamda muassasalarning obektlarni noyob ilmiy obektlar röyxatiga kiritiş böyiça takliflarini örganib çiqadi, umumlaştiradi, noyob ilmiy obektlar röyxatiga kiritadi (röyxatdan çiqaradi), röyxatni tasdiqlaydi, noyob ilmiy obektlarni saqlaş va ulardan samarali foydalaniş böyiça işlarni muvofiqlaştiradi hamda doimiy monitoringini olib boradi.
Noyob ilmiy obekt deb hisoblaşda obektlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
obektning respublikada yagona (noyob) bölişi;
obektning ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bölişi va ilmiy tadqiqotlarda foydalanilayotgan bölişi;
tegişli sohada uşbu obeksiz fundamental yoki amaliy tadqiqot olib borişning imkonsizligi;
obektning moddiy jihatdan yuqori qiymatga ega bölişi.
Vazirliklar va idoralar öz tasarrufidagi oliy ta'lim va ilmiy muassasalardan noyob ilmiy obektlar röyxatini şakllantiriş uçun takliflarni har yili 25 martga kadar qabul qiladi. Bunda, tavsiya qilinayotgan har bir ilmiy obektning fan va texnika taraqqiyoti hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati rivojlanişi uçun ahamiyatliligi darajasi vazirliklar va idoralarning tegişli hay'at majlislarida muhokama qilinadi va Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligiga kiritiş uçun obektlar röyxati şakllantiriladi.












