“Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tartibini tubdan takomillaştiriş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Quyidagi qöllab-quvvatlaş çoralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi:

  • 2024 yil 1 dekabrdan yangidan tayinlanadigan ijtimoiy tölovlar, xizmatlar va imtiyozlar;
  • 2025 yil 1 apreldan bosqiçma-bosqiç şaxsning nogironligini, talaba, öquvçi, uruş qatnaşçisi yoki uruş qatnaşçisiga tenglaştirilgan şaxs holatini tasdiqlaş.
  • Bunda, nogironlik töğrisidagi ma’lumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, öquvçilar guvohnomalari, uruş qatnaşçilari yoki ularga tenglaştirilgan şaxslar guvohnomalarining qoğoz şakli ijtimoiy kartaga almaştiriş orqali bekor qilinadi;
  • nogironligi bölgan va imkoniyati çeklangan şaxslar uçun umumiy foydalanişdagi avtomobil, temiryöl, havo va daryo transporti, yönalişsiz taksi xizmatlaridan foydalaniş böyiça imtiyozlar, şuningdek uşbu xizmatdan imtiyozli foydalaniş huquqiga ega bölgan aholining boşqa toifalari uçun imtiyozlar;
  • kiriş bilet operatsiyalari tizimi asosida tartibga solinadigan davlat ijtimoiy obektlariga, konsert-tomoşa tadbirlari va boşqa tadbirlarga bepul taşrif buyuriş yoki qisman haq tölaş böyiça imtiyozlar.
  • 2025 yil 1 iyuldan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlarga belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilişda tölangan QQS summasini 1 iş kunida qaytariş;
  • 2025 yil 1 oktyabrdan hukumat tomonidan tasdiqlanadigan röyxatga muvofiq fuqarolarga budjet mablağlari hisobidan körsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam, subsidiyalar, grantlar, imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar hamda moddiy xususiyatga ega boşqa tölovlar taqdim etiş;
  • 2026 yil 1 yanvardan qonunçilik hujjatlarida belgilangan boşqa imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlardan foydalaniş.

2025 yil 1 oktyabrdan pensiya oluvçilarga öz xohişiga köra yoşga doir, nogironlik va boquvçisini yöqotganligi böyiça pensiyalarni ijtimoiy karta orqali oliş huquqi beriladi.