2012 yildan buyon AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlab kelinadigan «Suriya Demokratik kuçlari» (Syrian Democratic Forces) mamlakat şarqida, Iroq bilan çegara hududidagi Baguz şahriga hujum boşladi. Ayni vaqtda IŞIDning oxirgi tayançi bölgan bu hudud uçun şafqatsiz janglar olib borilmoqda.

Ikki yil muqaddam Suriya va Iroqning katta qismini nazoratiga olgan IŞIDning qolgan-qutgan jangarilari ayni vaqtda Suriyaning Deyr-az-Zor viloyati hududida, Iroq bilan çegarada kiçik hududnigina qölda tutib qolgan.

The New York Times xabariga köra, keyingi ikki hafta davomida Baguzdan 20 mingdan ortiq kişi qoçib çiqqan.

Foto: GETTY IMAGES
Ayollar va bolalar SDF vakillari kelib, ularni röyxatga olişini kutmoqda
Delil Souleiman / AFP / Scanpix / LETA

Suriya Demokratik kuçlari (Başar Asad rejimiga muxolifat bölgan guruhlardan tarkib topgan) vakili Mustafo Balining ma'lum qilişiça, bir haftalik tanaffusdan keyin IŞIDni «butkul yançib taşlaş» uçun qamal boşlandi. Uning aytişiça, Baguzda ayni vaqtda IŞID jangarilarining eng tajribali jangarilari qarşilik körsatmoqda.

«Şafqatsiz janglar ketmoqda. U yerda mudofaani yaxşi biladigan eng tajribali jangarilar qolgan. Şundan tasavvur qiliş mumkinki, oldinda katta janglar kutib turibdi», deya uning sözlarini keltirmoqda Associated Press.

Keyingi oylarda asosan kurdlardan iborat «Suriya demokratik kuçlari» Amerika aviatsiyasi kömagida IŞID jangarilarini Suriyaning şimoli-şarqidagi şaharlar va qişloqlardan siqib çiqargan.

Foto: AFP

2014 yilda IŞID Suriya va Iroqda Buyuk Britaniya hududiga teng maydonni egallab olgandi. Öşanda bu hududda 7,7 million kişi istiqomat qilardi.

Iroq 2017 yilning oxirida IŞIDdan ozod etildi, 2018 yil boşiga kelib Suriyaning ham aksar hududi jangarilardan qaytarib olindi.

2018 yilning dekabrida AQŞ prezidenti Donald Tramp Suriya hududida ham IŞID jangarilari deyarli qolmaganini, şu tufayli 2 ming nafar amerikalik harbiy Suriyadan olib çiqilişini e'lon qildi.