14-16 oktyabr kunlari Rossiya HKK Suriya şimoli-ğarbidagi Idlib provinsiyasida Idlib deeskalatsiya zonasidagi 27 ta nişonga havodan zarba berdi.

Bu haqda "Aviatsiya observatoriyasi" xabarida aytiladi.

Qayd etilişiça, Rossiya harbiy samolyotlari taxminan uç oylik tanaffusdan söng sönggi kunlarda Idlibni öqqa tutişni kuçaytirgan.

Suriya rejimiga qarşi bölgan «Hayat Tahrir aş-Şom» (Xş) guruhining 26 pozitsiyasiga hujum qilindi.

Rossiya jangovar samolyotlari Ayn az-Zarqa qişloğidagi elektr taqsimlaş markazini ham nişonga oldi.

Başar Asad rejimi kuçlarining Halab ğarbidagi Etarib hududi va Idlib janubidagi Maarbellit qişloğiga uyuştirgan hujumlari natijasida ötgan ikki kun içida ikki tinç fuqaro halok böldi. Yana 8 fuqaro yaralangan.