Yaponiya kit ovlaşga rasman qaytmoqçi. Mamlakat rasmiylari ayrim turdagi kitlarning qirilib ketişini oldini oliş uçun ovlarga moratoriyni qöllab-quvvatlovçi Xalqaro kit ovlaş komissiya safidan çiqişini ma'lum qildi. Hujjatlarni rasmiylaştiriş joriy yilning birinçi yarmida tugatilişi rejalaştirilmoqda. 

Yapon qirğoqböyi qişloqlaridan biri – Taydzida mahalliy ovçilar çeklovsiz ovga ruxsat tegişini sabrsizlik bilan kutmoqda. 

Foto: MARK VOTIER/WDC

«Agar sotuvda har xil baliq göşti paydo bölsa, iste'molçilar gavjum böladi, xarid quvvati oşişi mumkin», – deydi mahalliy savdogar Siniçi Siozaki.

Tokiodan janubda joylaşgan göşt mahsulotlari işlab çiqaruvçi «Gaybo Xogey» kompaniyasi prezidenti Yosinori Sodzi «heçdan köra- keç» naqliga amal qilib, yangilikni xuş qarşilamoqda. Şunga qaramay, kit ovlaş sanoati Yaponiyada inqiroz yoqasida turibdi, kit ovlovçilar 200dan ortiq emas, ularning kemalari ta'mirga muhtoj.

1960 yilda 200 ming tonna kit göşti iste'mol qilingan bölsa, ayni yillarda bu körsatkiç 3-4 ming tonnadan oşmayapti. 2010 yil mamlakatda ötkazilgan ijtimoiy sörovda respondentlarning 90 foizi kit göştini umuman iste'mol qilmasligini aytgan. Kit oviga qöyilgan taqiqning olib taşlanişini faqat 25 foiz sörovnoma iştirokçilari yoqlagan. 

Yuqoridagilarni inobatga olsak, nega Yaponiya öz obrösini örtaga tikib, xatarli qarorni qabul qildi? Axir Taydzidagi delfinlar mojarosidan söng, hukumat özini oqlaşga majbur bölgandi-ku.

Yapon hukumati keltirayotgan vajga köra, kit ovlaş an'anaviy sanoat turlaridan biri, kit göşti esa milliy oşxonaning ajralmas bir bölagi hisoblanadi. Mahalliy amaldorlardan biri şunday bayonot berdi: 

«Biz quyon yeyişga könikmaganmiz, lekin Britaniya xalqidan quyon göştidan taom tayyorlaşni taqiqlab qöyişni söramayapmiz», – deydi u.

Foto: Kyodo News/Kyodo News via Getty Images

Ammo bu argument unçalik işonçli emas: ayrim tumanlarda kit ovlaş faqat XX asrda ommalaşgan. Ammo göştni iste'mol qiliş haqida yaponlar huzur bilan sözlab beradi.