Yaponiyaning ob-havoni kuzatişga möljallangan «Ximavari-9» asosiy sun’iy yöldoşi qisman işdan çiqdi va ayrim tasvirlarni uzatişni töxtatib qöydi. Bu haqda mamlakat Milliy meteorologiya boşqarmasi xabar berdi.

Ta’kidlanişiça, muammo Yer yuzasini infraqizil nurlar yordamida kuzatiş bilan boğliq suratlarning uzatilişida yuzaga kelgan.

Şu bilan birga, idoraning ma’lum qilişiça, sun’iy yöldoşning töfonlar, kuçli yomğirlar, şiddatli şamollar, dengizdagi tölqinlar harakatiga oid ogohlantiriş tizimi odatdagidek işlaşni davom etmoqda. Meteoroligiya boşqarmasi nosozlik sababini bilmasligini va u qaçon bartaraf etilişini ayta olmasligini ma’lum qildi.

«Ximavari» — geostatsionar sun’iy yöldoşlar oilasi bölib, ularning birinçisi 1977 yilda uçirilgan. Uşbu qurilmalardan Yaponiyadan taşqari, Şarqiy va Janubi-Şarqiy Osiyo, Avstraliya va Yangi Zelandiya meteorolgiya idoralari foydalanib keladi.

Sentyabr oxirlarida Yaponiyaning IGS Radar 8 razvedka sun’iy yöldoşi örnatilgan örta sinfga kiruvçi H-IIA taşuvçi raketasini orbitaga uçirgandi. Kosmik apparat Yaponiyaning Information Gathering Satellite (IGS) davlat dasturi doirasida, sun’iy yöldoşdan olingan özining razvedka ma’lumotlariga ega böliş uçun orbitaga uçirilgan. Loyiha ustidagi işlar 1998 yilda Şimoliy Koreya raketalari sinoviga javob tarzida boşlangan.