AQŞdagi Amerika universitetining bir guruh talabalari “Alternative break” dasturi böyiça Özbekistonga keldi.
Delegatsiya a'zolari taşrif davomida Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşida köngilli yoşlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanişib, özbekistonlik köngilli yoşlar va oliy ta'lim muassasalari talabalari bilan özaro oçiq muloqot qildi.

- “Muqobil ta'tillar” dasturi doirasida özbek xalqining tarixi, urf-odati va milliy taomlari, yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat, şuningdek, Özbekiston yoşlari bilan ta'lim sohasida özaro fikr almaşiş maqsadida taşrif buyurgan xorijlik talabalar köngillilar faoliyatini keng tarğib qilişga qaratilgan loyihalari bilan örtoqlaşmoqda, – deydi Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi bölim mudiri Munisa Nurmatova.

Xorijlik talabalar AQŞdagi köngilli jamoalar tajribasi va amaliyoti haqida özbekistonlik köngilli yoşlar bilan tajriba almaşdi. Amerika universitetining “Muqobil ta'tillar” dasturi doirasida Özbekiston yoşlar ittifoqi bilan hamkorlikda “Yoşlarning diplomatiya va xalqaro munosabatlardagi örni” mavzuiga bağişlangan konferensiya ötkazilişi rejalaştirildi.
- “Muqobil ta'tillar” dasturi 1993 yilda AQŞ universitetlari tizimiga kiritilgan bölib, dastur Amerika va dunyoning boşqa mintaqalaridagi yoşlar bilan tanişuv, ma'lumot almaşinuvi maqsadida oliy ta'lim muassasalari bilan faoliyat olib bormoqda, – deydi Amanda Martinez. - Amerika universitetining oldingi dasturlari Janubiy Afrika Respublikasi, Gaiti, Isroil, Keniya, Moldaviya, Hindiston va boşqa mamlakatlarida amalga oşirilgan. Bu yilgi öquv yilida Tanzaniya, Vetnam, Özbekiston, Kuba, Gaiti, Şimoliy Irlandiya, şuningdek, Texas va Yangi Orlean ştatlariga sayohatlar uyuştirilyapti. Dastur xarajatlari Amerika universitetining kömagi bilan talabalar tomonidan qoplanadi.

Delegatsiya suhbatda öz faoliyati böyiça ma'lumot berib, AQŞdagi ixtiyoriy amaliyot xususida söz yuritdi. Köngillilarning jamiyat ravnaqiga qöşayotgan hissasi, uşbu maqomning afzallik jihatlari bilan boğliq fikr-mulohazalar yuritildi.
Özbekistonda köngillilik madaniyatini rivojlantiriş imkoniyatlari va uni tarğib qilişning qöşimça usullari özaro muhokama qilindi.












