Sönggi yillarda mamlakatda eksport va importning izçil rivojlanayotganligi kuzatilmoqda. Biroq, qabul qilinayotgan çora-tadbirlarga qaramay, Özbekiston Jahon Bankining “Biznesni yuritiş – 2019” hisobotida “Xalqaro savdo” indikatori böyiça 165-örinni egalladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi.
«Doing business» reytingidagi ma'lumotlarga köra, Özbekistonda çegara va bojxona nazoratida eksportni amalga oşiriş vaqti 112 soatni taşkil etadi. Bunda hujjatlarni rasmiylaştirişga - 96 soat va 570 AQŞ dollari sarflanmoqda. Importni amalga oşirişda çegara va bojxona nazoratida hujjatlarni rasmiylaştirişga 174 soat va 570 AQŞ dollari sarflanyapti.
Ayni damda mazkur indikator böyiça yuqori örinlarga ega xorijiy mamlakatlarning eksport/import uçun sarflanadigan vaqti va xarajatlari miqdori nolga yaqin.
Xususan, Daniyada (1-örin) bojxona çegara nazoratidagi vaqt va xarajatlar miqdori nolga teng, hujjatlarni rasmiylaştirişga atigi 1 soat vaqt sarflanadi. Belarusda (25-örin) eksportni amalga oşiriş uçun çegara va bojxona nazorati uçun 5 soat, hujjatlarni rasmiylaştirişga 4 soat va 168 AQŞ dollari mablağ sarflanadi. Importni amalga oşirişda çegara va bojxona nazorati uçun sarflanadigan vaqt 0 soat, hujjatlarni rasmiylaştirişga – 4 soat va 0 AQŞ dollari sarflanadi.
Şu bois, Adliya vazirligi Davlat Bojxona qömitasi bilan hamkorlikda taşqi iqtisodiy faoliyatni amalga oşirişda bojxona taşqi iqtisodiy
va çegara postlarida ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylaştiriş tartib-taomillari, nazorat tartib-taomillaridan ötiş sohasidagi qonunçilik
va huquqni qöllaş amaliyotini örgandi.
Tahlil natijalari ruxsatnoma hujjatlari va bojxona rasmiylaştiriş uçun tegişli organlarga taqdim etilayotgan ortiqça byurokratik tartib-taomillar, talablar va hujjatlar mavjudligini körsatdi.
Ular orasida:
veterinariya va karantin organlaridan ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun eksport/import amalga oşirilişidan 30 kun oldin murojaat qiliş zarurligi töğrisidagi talab;












