Elektromobillarni öz nomiga olib kirmoqçi bölganlar yoki rasmiy diler bölmagan xususiy tadbirkorlar muvofiqlik sertifikati oliş jarayonida maşinani elektromagnit moslaşuvçanligi böyiça ham tekşiruvdan ötkazişiga töğri keladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarni Kun.uz’ga UzTest axborot xizmati tasdiqladi.

«Bu tartib oldindan bor edi. Ya’ni avtomobillarni elektromagnit moslaşuvçanlik böyiça tekşiruvdan ötkaziş. Bundan maqsad bitta transport vositasi boşqa avtomobilga ziyon yetkazişining oldini oliş. Özbekistondagi rasmiy dilerlar bu tekşiruvdan ötib bölgan. Ularga sertifikat ham berilgan. Ötgan yili bu kabi sertifikatlardan 40 tadan ortiq bergan bölsak, bu yil 30 tadan köproq şunday sertifikatlar berildi. Ular maşinalarini har 3-6 oyda tekşiruvdan ötkazib turadi va hujjatlarni taqdim etadi. 

Rasmiy diler bölmagan avtosalonlar uçun ham bu tartib qöllanişi boşlandi. Tekşiruv narxi benzinda yuradigan maşinalar uçun 9 mln 88 ming sömni, elektromobillar uçun esa qariyb 6 mln 300 ming sömni taşkil etadi. Bu narx 7 tagaça örindiqqa ega bölgan yengil maşinalar uçun. Transport vositalarining toifasiga qarab narx yana özgaradi. Sinovlar Piskent avtopoligonida amalga oşiriladi.

Umuman olganda, rasmiy dilerga qanaqa talab qöyilgan bölsa, maşina olib kirmoqçi bölgan boşqalarga ham şunaqa tartib qöllanyapti», deyiladi UzTest izohida.