2017 yildan boşlab Özbekistonning bank sohasida bosqiçma-bosqiç erkinlaştiriş joriy etilmoqda va tijorat banklariga öz faoliyatida erkin böliş, mijozlarga yönaltirilganligini oşiriş, sohada raqobatlaşiş imkoni yaratilmoqda. Bu özgarişlar — şubhasiz, Markaziy bank xizmatlaridir. Joriy operatsiyalar böyiça konvertatsiya joriy etilişi va naqd pul muomalasiga çeklovlarni olib taşlaş kabi islohotlarning amalga oşişida ham bu taşkilotning muhim roli bor.
Biroq, bank sohasidagi islohotlar hanuz öz nihoyasiga yetkazilgani yöq. Sohaning asosiy muammosi Standard & Poor’s tomonidan yaqinda e'lon qilingan hisobotda aniq va lönda aksini topgan: «Özbekiston bank sohasida bank tizimi aktivlarining umumiy 84 foiziga egalik qiluvçi davlat banklari yetakçi öringa ega va unda töğridan-töğri kreditlaş uluşi juda yuqori, bu esa raqobatni çeklaydi va xususiy banklarning kreditbardoşligiga salbiy ta'sir ötkazadi. Bundan taşqari, hukumat iqtisodiyotning asosiy sohalariga moliyaviy yordam beriş uçun davlat banklarning köpçiligidan foydalanadi».
Xalqaro valuta fondining ilgariroq e'lon qilingan hisoboti yuqorida ta'kidlab ötilgan «taşxis»ni töldiradi: «Kredit bozorining kuçli segmentlaşgani, 60 foiz kreditlar imtiyozli şartlarda berilayotgani tufayli pul-kredit siyosati vositalarining kreditlaş şartlariga ta'siri kuçsizligiça qolmoqda. Garçi MB qayta moliyalaş stavkasi milliy valutada tijorat stavkalari böyiça kreditlar berilişiga sezilarli ta'sir ötkazsa-da, bu segmentning uluşi jami ajratilgan kreditlarning bor-yöği 20 foizini taşkil etadi».
Markaziy bank qayta moliyalaş stavkasining (16 foizgaça) oşirilişi va uşlab turilişidan közlangan maqsad — inflatsiyaga qarşi kuraşiş ekanligini bir neça bor ta'kidlab ötgan. Barçasi mantiqli. Qayta moliyalaş stavkasi yuqoriligi kreditlarni qimmat qiladi va şu yöl bilan inflatsiyaning boş sababi bölmiş ortiqça pul emissiyasini çeklaydi.
Biroq ikki xalqaro taşkilotning hisobotidan köryapmizki, amalda mutlaqo boşqaça siyosat yuritilmoqda: kreditlarning zalvorli qismi imtiyozli şartlarda, ya'ni past foiz stavkasida berilmoqda, bu esa iqtisodiyotning ösiş sur'atlari va inflatsiya ösişidan yuqori bölgan sezilarli kredit emissiyasiga sabab böladi. Mana, yuqorida eslatib ötilgan XVF hisobotida nima deyilmoqda: «Sentabr oyiga kelib (2018 yil) iqtisodiyotning kreditlaştirilganligi (yillik hisobda) 43,5 foizga oşdi. Yangi kreditlarning 60 foizi hukumat qaroriga köra berilgan va davlat manbalaridan moliyalaştirilgan…»











