Qosim-Jo‘mart To‘qayev: «Yevrosiyoda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikka Rossiyasiz erishishning imkoni yo‘q»
Qozog‘istonning yangi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘zining dastlabki xorijiy tashrifini 3 aprel kuni Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirishi haqida avval xabar berilgan edi. Mazkur tashrif oldidan u «Rossiyskaya gazeta» nashriga intervyu berdi.
Rossiya bilan azaliy munosabatlar haqida
«Men inauguratsiyadan keyin o‘tgan qisqa vaqt ichida taklif jo‘natgani uchun Vladimir Putindan minnatdorman. Davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, ittifoqchilik va strategik hamkorlik rishtalari uzilmasligini tasdiqlash imkoniyati paydo bo‘lganidan xursandman.
Bizning birinchi prezidentimiz va elboshimiz Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston va Rossiya Yaratgan tomonidan qo‘shni qilingan davlatlar degan, biz xalqlarimizning tub manfaatlari uchun doimo birga bo‘lamiz.
N.Nazarboyev va V.Putin hamkorlik uchun yuqori marra belgilab olishgan. Biz konstruktiv yo‘nalish, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat prinsiplariga asoslanib yecha olmaydigan masalaning o‘zi yo‘q.
Bugun Qozog‘iston – Rossiya munosabatlari davlatlararo aloqalar uchun namuna bo‘la oladi. Biz KXShTda bo‘yicha ittifoqchimiz, bizda hamkorlikni yanada kuchaytirish uchun salohiyat katta.
Rossiya doimo Qozog‘istonning yetakchi savdo hamkori bo‘lib kelgan. Ikki tomonlama tovar aylanmasi yildan yilga o‘sib bormoqda va 2018 yilda 17,6 milliard dollarni tashkil etdi. Qozog‘istondagi xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonaning har uchinchisi — Rossiyaniki, ularning soni 9 mingdan ziyod».
Yevrosiyo integratsiyasi kelajagi haqida
«Jahon siyosatidagi umumiy negativ fonga qaramasdan, Qozog‘iston Yevrosiyo mintaqasi va yanada kengroq miqyosdagi integratsion jarayonlarni izchil qo‘llab-quvvatlagan va shunday yo‘l tutishda davom etadi.
Biz G‘arbning Rossiya bilan munosabatlari normallashishidan umidvormiz. Bu YeOII a'zolari va boshqa davlatlar manfaatlariga to‘g‘ri keladi, chunki Katta Yevrosiyoning savdo salohiyatini kuchaytirib, jahonning butun iqtisodiy tizimini sog‘lomlashtiradi.
Katta Yevrosiyo g‘oyasi Osiyo va Yevropa iqtisodiy aloqalarining yanada faollashishiga istiqbol ochadi.
Bizning megaqit'amizda yuz berayotgan jarayonlar yangi geosiyosiy voqeliklarni shakllantirmoqda. Butun jahon aholisining 45 foizini birlashtirgan, Yevrosiyo hududining 60 foizini egallagan, jahon iqtisodiyotining uchdan bir qismi bo‘lgan Shanxay hamkorligi tashkiloti muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. ShHT universal kun tartibiga ega jahonning nufuzli xalqaro tashkilotiga aylanib bo‘lgan, uni allaqachon «ko‘pqutbli dunyoning poydevori», deb atashmoqda».
Qo‘shnilar haqida
«Markaziy Osiyodagi jarayonlar dinamik xarakterga ega bo‘lmoqda, qo‘shnilarimiz ham muhim islohotlarni amalga oshirishmoqda. Rossiya bilan strategik hamkorlik rishtalariga ega mintaqa davlatlarining jips hamkorligi Yevrosiyoda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashning muhim omili hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda bu maqsadlarga Rossiyasiz erishishning imkoni yo‘q.
«Bir mintaqa — bir yo‘l» loyihasi haqida
Jahonning dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan eng yirik davlati, biroq Yevrosiyo materigi markazida muhim geostrategik o‘ringa ega bo‘lmish Qozog‘iston uchun bu loyiha alohida ahamiyatga ega. U bizning tranzit hudud sifatida strategik pozitsiyalarimizni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu sababli biz unda faol ishtirok etamiz.
«Bir mintaqa — bir yo‘l» tashabbusining Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi dasturlari bilan integratsiyasi butun yevroosiyo mintaqasining iqtisodiy rivojlanishiga yangi turtki berishi mumkin.
Mavzuga oid
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024