Qozoğistonning sobiq iqtisodiyot vaziri Quvondiq Bişimbayev 24 yillik qamoq jazosini koloniyada ötaşda davom etmoqda. Bu haqda Qozoğiston Içki işlar vazirligi jinoiy-ijro tizimi qömitasiga tayanib Tengrinews xabar berdi.

Turmuş örtoği Saltanat Nukenovani öta şafqatsizlarça va qiynoqlar bilan öldirganlikda aybdor deb topilgan Bişimbayev qamoqdan qoçmagan.

«Ijtimoiy tarmoqlarda sudlangan Bişimbayev Quvondiqning qamoqdan qoçib ketgani haqida yolğon ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu ma’lumotlar haqiqatga töğri kelmaydi. Bu mahkum jazoni qattiq rejimdagi muassasada ötamoqda», deyiladi xabarda.

Şuningdek, Bişimbayevning koloniyadan qoçib ketgani haqidagi yolğon ma’lumot tarqatilgani sababli jinoiy iş ham qözğatilgan.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarning qozoq segmentida Bişimbayev koloniyadan ğoyib bölgani haqida xabarlar tarqalgan edi.