Turkiy xalq oğzaki ijodida katta ahamiyatga ega «Alpomiş» dostoni asrlar oşa öz jozibasini yöqotgani yöq. Negaki, dostonda sabr-matonat, Vatanga sadoqat, halollik va adolat tarannum etiladi. Doston qahramonlari esa şariat va diyonatni tarğib etadi. Şuning uçun «Alpomiş», şu bilan birga boşqa dostonlar xalq oğzaki ijodida yagona yozma şakliga ega bölmay, millat farzandlariga unut bölmadi, deb hisoblaydi Ismoilxon baxşi Anvarov.

«Baxşiçilik tirikçilik manbasi, daromad topiş usuli emas. Özim suvçi—mirobman. Yoşligimda otamning dömbira çertib, dostonlardan parça aytib berişiga iştiyoqmand bölib, men ham qölimga dömbirani olganman. Uning nağmasi, içki ovoz xilqati baxşiçilik san'atiga joziba qöşadi. Şuning uçun ustoz körgan baxşilar yanada katta ilhom bilan doston aytadi. 
Nega xalq oğzaki ijodi namunasi — baxşilar aytib berayotgan dostonlar davrlar ötsa-da, jamiyatda öz örnini yöqotmayapti? Gap şundaki, u har bir davrda insoniy fazilatlar, iymon va e'tiqoddan söz oçadi, şunga tarğib qiladi. Eşituvçi nohaqliklardan jirkanib, yoruğlikka intilişi lozim», —deydi u. 

Şoberdi baxşi maktabini davom ettirayotgan Ismoilxon baxşi mazkur san'at turi paydo bölişi uzoq tarixga borib taqalişini ta'kidladi. Uning aytişiça, uzoq davrda mahalliy ötroq aholi orasida davraboşi, marosimlar boşçisi baxşilar bölgan. Ulardan boşqa san'atkorlar bölmagan, uning özi ham kunduzi boşqa kasb bilan şuğullangan. Keç tuşganda qavm jamlanib, dostonlardan parça tinglagan. 

«Şunday paytlar ham kuzatilganki, baxşilar tong otgunça jöşib doston aytgan. Ular içki ovozda xoniş qilişi mana şu joydan tarix oladi. San'atkor uzoq qöşiq aytsa, uning ovozi öz-özidan içiga tuşib ketaveradi. Hozir esa içki ovoz dostonlarni aytiş an'ana sifatida şogirdlarga örgatiladi», — deydi u. 

Ismoilxon baxşining aytişiça, baxşilarning iqboli uyğondi, unut bölayozgan san'at Özbekistonda yana jonlandi. Negaki, baxşi tölib-toşib, dömbirasini çertib, dostonlarni aytganda — u bor mehri bilan zamon va ötmişga munosabat ham bildiradi. 

«Dostonlarning yozma şakli bölmagandan keyin, baxşi faqat voqealar, unda yuz beradigan asosiy suhbatlarni eslab qoladi. Qolgan barça ijro improvizatsiya orqali amalga oşiriladi. E'tibor qiling, bu holatda baxşi davlat va jamiyat hayotida kuzatganlaridan saboq çiqarib, dostonni boyitib boradi», — deydi u.