Jamiyat | 16:27 / 02.04.2019
7816
2 daqiqa o‘qiladi

«Alpomish» dostonining yangi talqini taqdim etildi

I Xalqaro baxshichilik san'ati festivali doirasida Umir baxshi Safarov va Mardanoqul Avliyoqul o‘g‘li tomonidan yozib olingan «Alpomish» dostoni kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda festival matbuot markazi xabar bermoqda.

Ushbu doston Surxondaryo baxshichilik san'atiga tegishli to‘rtinchi – yangi talqini hisoblanadi.

Dostonlardagi umumiy voqealar o‘zgarmagan bo‘lsa-da, ular bir-biridan hajm, motivlar, ba'zi epizodlar butunlay boshqacha badiiy yo‘sinda tasvirlangani bilan ajralib turadi. Umir baxshi Safarov va Mardonaqul Avliyoqul talqinida ham shu jihatlar yaqqol ko‘zga tashlanadi.

«Kitob taqdimotida so‘zga chiqqanlar, «Alpomish» dostonining o‘quvchilar qo‘liga yetib borgunga qadar jarayonlari, asarning mohiyati va boshqa variantlaridan farqli jihatlarini aytib o‘tishdi. Yangi «Alpomish» dostonida voqealar o‘zgarmaydi, aksincha, badiiy ifodasi jihatidan xalq baxshilarining so‘z qochirimlari bilan mukamallashib, vaqt, davr makonga qarab, ijro vaqtida boyitib boriladi. Shu sababli olimlar tomonidan ularning har biri mustaqil badiiy asar sifatida o‘rganib kelinmoqda», deyiladi xabarda.

Anjumanda Abdunazar baxshi Poyonovning «Oltin qoboq», Chorsha baxshi, Shoberdi baxshi Boltayev va Abdunazar baxshilarning «Malla savdogar» dostonlari taqdimoti ham o‘tkazildi.

Mavzuga oid