Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilning I choragida O‘zbekistonga 1,4 million sayyoh keldi
Davlat rahbarining e'tibori va qo‘llab-quvvatlashi tufayli turizm sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotidagi asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida 2019 yilning birinchi choragida yangi turistik tashkilotlarning soni 111taga ko‘paydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bu haqda poytaxtdagi Milliy matbuot markazida tashkil etilgan «O‘zbekiston – sayyohlik biznesi uchun yangi imkoniyatlar» mavzusidagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
– 2018 yilda 2017 yilga nisbatan O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni ikki baravar ko‘paydi, – deydi O‘zbekiston Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi (AChTO) raisi Gulchehra Isroilova. – Agar 2017 yilda O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni 2,7 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda ularning umumiy soni 5,3 million kishidan oshdi. Uzoq chet mamlakatlardan kelayotgan sayyohlarning eng ko‘p o‘sishi AQShda kuzatilgan. Bu davlatdan O‘zbekistonga kelgan fuqarolarning soni 8 baravar oshdi. Bundan tashqari, Janubi-Sharqiy Osiyodagi aholining yurtimizga bo‘lgan qiziqishini kuzatish quvonarli. Indoneziya va malayziyalik sayyohlar O‘zbekistonni ziyorat turizmiga umid beruvchi mamlakat deb hisoblaydi.
2019 yilning birinchi choragida mamlakatga 1,4 millionga yaqin sayyoh kelgan. O‘sish sur'atlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 972,3 ming kishiga ortgan.
Ushbu tendensiyalar va miqdoriy ko‘rsatkichlar turizm infratuzilmasi obektlarining rivojlanishiga ham ta'sir ko‘rsatmoqda. Misol uchun, birinchi chorakda yangi 40 ta turar joy obekti foydalanishga topshirildi.
Umuman olganda, sohaga qaratilgan e'tibor turizm sohasini jadal rivojlantirish va uning infratuzilmasini shakllantirish, hududlarni diversifikatsiya qilish, aholining turmush darajasini yuksaltirish va xalqaro maydonda mamlakatning obro‘sini va investitsion jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026