Toşkent tumani viloyat aholisiga uy-joy quriş uçun asosiy baza bölişi kerak, dedi prezident Şavkat Mirziyoyev viloyatga taşrifi çoğidagi yiğilişda.

Toşkent tumani orqali Qozoğistondan kuniga 44 ming odam, jumladan 2-2,5 ming xorijiy turistlar ötib qaytadi. Mutasaddilarga “Şifobaxş suvlar” hududidan yana 5 ta sanatoriy quriş uçun joy topib, auksionga çiqariş, Şifobaxş suvlar köçasini kengaytirib, atrofida yirik savdo, sport va köngiloçar markazlar, köp qavatli uylar quriş böyiça master reja işlab çiqiş topşirildi.

Poytaxtdagi korxonalarga viloyatdagi qurilişi töxtagan obektlarga köçib ötişni taklif qiliş muhimligi ta’kidlandi.

Ança vaqtdan beri sotilmagan 70 ta obekt poytaxtdagi tadbirkorlarga bölib-bölib tölaşga beriladi. Şarti – işçilarning 50 foizi kambağal oiladan bölişi kerak.

Uç yilda tijorat obektlari poytaxtda 5,7 million kvadratga köpaygan bölsa, Toşkent viloyatida 1,6 millionga oşdi. Viloyatda har yili 1 million kvadrat tijorat joyi taşkil qiliş lozimligi körsatib ötildi.

Yil yakunigaça 115 ta köp qavatli uy, 39 kilometr suv va 29 kilometr gaz tarmoği qurilişini yakunlaş vazifasi qöyildi.

Zangiota tumanidagi Ibrat va Uluğbek mahallalariga xizmat qilgan 2 ta oqova suv inşooti eskirgani, Boğzor va Nurobod mahallalaridagi köp qavatli uylarda isitiş va oqova tizimi muammoli ekani körsatib ötildi.

Mutasaddilarga bu 4 ta mahallada suv, oqova va isitiş tizimini yaxşilaş loyihalarini tayyorlaş topşirildi.