O‘zbekiston | 09:14 / 20.04.2019
14775
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘ynoq tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tayinlandi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu lavozimda podpolkovnik Adilbek Turkmenbayevich Otegenov ish boshlagan.

Mo‘ynoq tumani IIBga 2016 yil kuzidan buyon podpolkovnik Jambil Arzuyev rahbarlik qilib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga 2018 yilgi Murojaatnomasida Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanini Amerikaning Las-Vegasidek farovon joyga aylantirish mumkinligi haqida aytib o‘tgan edi.

Shundan so‘ng, investorlar tomonidan Mo‘ynoq tumanida kazino (o‘yin biznesi)ni tashkil qilish masalasi bo‘yicha takliflar berilgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Mavzuga oid