Uni total futbol asosçilaridan biri sifatida tilga olişadi.

Unga ta'rif bergan bir sport jurnalisti şunday degandi:

- Uni Pele bilan köp qiyoslaşadi. Pele öz zamonasi uçun ideal futbolni namoyiş qilib bergandi, Kroyf esa zamonasiga butunlay yangi va yaxşiroq futbol olib kirdi.

Undan Ronaldo haqida va zamonaviy futbolda oldingi avlodlar darajasidagi afsonalar çiqmayotgani sababini söraşganda şunday javob bergandi:

- Ronaldo – yaxşi futbolçi, ammo bizning paytimizda bunday futbolçilar önlab topilardi. Agar kengroq fikr yuritadigan bölsak, hozirgi muhitda afsonani tarbiyalaş muşkul. Hayot öta qulaylaşib ketgani haqiqiy yulduzlarni voyaga yetkaziş uçun tösiq deb öylayman. Çöqqiga çiqiş uçun va u yerda uzoq vaqt qoliş uçun esa, eng pastdan boşlaş lozim, hayot uçun kuraşning naqadar oğir va zarurligini anglab yetiş kerak böladi.

U kuraşgandi. Pele va Garrinça kabi, Puşkaş yoki Di Stefano kabi. Ronaldoni har qança maqtasak oz, uning yoşligidanoq fotomodellar va avtomaşinalarni kolleksiya qilib yurganiga quvonsak arziydi, ammo u buyuk böla olmasdi. Bölişi juda qiyin edi. Hozirgi davr eng kuçli futbolçilarni dunyoga keltira oladi, lekin afsonalarni emas.

1947 yilda Amsterdamda tuğilgan Yohanning otasi oddiy sotuvçi, onasi esa kir yuvuvçi edi. Aynan onasining kasbi unga futbol olamiga yölni oçib bergandi. Onasi uyga yaqin bölgan «Ayaks» futbol klubida işlardi. Tabiatan öta nozik va umuman sportçiga xos kelajak kutiş qiyin bölgan ön ikki yoşli Yohanni onasi klubga yetaklab boradi va klub murabbiylarga iltimos qiladi. Uzoq ikkilanişlardan söng uni maktabga qabul qilişadi va Kroyf atigi beş yil ötib komil futbolçiga aylanadi, klub bilan professional şartnoma tuzadi. Debyut matçidayoq raqib darvozasini işğol qiladi.

Yohanning bor imkoniyatlarini oçişi va uning futbolga va futbolni unga maksimal darajada xizmat qilişi uçun buyuk murabbiy kerak edi. Uning eng katta baxti şunda ediki, faoliyati buyuk murabbiy bilan kesişdi. 1965 yilning 24 yanvarida klubga Rinus Mihels boş murabbiy etib tayinlandi va aynan şu kundan boşlab ikki «maestro»ning hamkorligi boşlandi.

Öşa paytlargaça Gollandiya futboli Yevropada ança orqada edi. 1957 yilga kelibgina klublar professionallaştirilgan bölsa-da, 60-70 yillarga kelib «Ayaks» Yevropani zabt eta boşladi.

Total futbolning otasi sifati tilga olinadigan Rinus Mihels futbolga basketbol öyini tamoyillarini olib kirdi - töpga egalik qilingan paytda barça hujumga ötadi, töp yöqotilgaç esa barça himoyalanadi. Mihelsning «Ayaks»i yuqori tezlik va töpsiz harakat bilan barçani lol qoldirgandi, futbolçilar osonlik bilan ta'qibdan qutulişar, himoyada bir-birlarini ajoyib tarzda quvvatlaşardi. Ayniqsa, öşa paytlarda urf bölgan «öyinçiga öyinçi» himoyalaniş usulida harakat qiluvçi jamoalarga qiyinçilik tuğilardi. Hujumçiga yelim misoli yopişib olişi kerak bölgan himoyaçilar ularga ergaşib «Ayaks» maydoniga kelişga majbur bölişardi, raqib himoyasida paydo bölgan böşliqdan esa «Ayaks» himoyaçilari ustalik bilan foydalanib hujumga ötişardi. Şuning uçun «Ayaks» hujumlari har qanday nuqtadan boşlanişi va har qanday tarzda davom etişi mumkin edi.