Light | 12:11 / 11.05.2019
17292
6 daqiqa o‘qiladi

22 ta ish: ularni taksida bajarishga ulgurasiz

Yo‘lda vaqtingizni quvonchli va foydali o‘tkazishingiz mumkin.

1. Ko‘zlar uchun gimnastika mashqlarini bajarish

Kun davomida ko‘zlar katta zo‘riqishlarga uchraydi. Kompyuterda ishlaganda ko‘zlarimizni kamroq pirpiratamiz, uzoq vaqt davomida deyarli bir nuqtaga qaraymiz. Ko‘zlarga dam berish uchun maxsus gimnastika mashqlarini bajarish kerak. Biroq unga ko‘pincha vaqt topilmaydi. Taksida esa foydali o‘tkazish mumkin bo‘lgan bir necha daqiqa vaqt bor.

Foto: 500px

2. Premeralar ro‘yxatini o‘rganish va chiptalarga buyurtma berish

Agar teatr va kino namoyishlar jadvalini muntazam kuzatib borsangiz, aksiya bo‘yicha chegirma bilan chiptalarni topish va qulay joylarni egallashga ulgurishingiz mumkin.

3. Menyu tuzish

Kechki taomga nima tayyorlash borasidagi savol bilan boshingizni qotirmaslik uchun bir necha variantlar ro‘yxatini oldindan tuzib chiqing. Muzlatgichdagi mahsulotlarni vaqti-vaqti bilan suratga olsangiz, yana nimalarni xarid qilishingiz kerakligini tushunish oson bo‘ladi.

4. 10 ta xorijiy so‘zni o‘rganish

Turli tillardagi mavzular bo‘yicha kartochkalar to‘plami berilgan ilovalar mavjud. 10 ta so‘zni o‘rganing, yo‘lning qolgan qismida esa ulardan foydalangan holda gaplar tuzing. Ana o‘shanda lug‘at boyligingizni oshirib borasiz.

5. Pochtani tekshirish

Xatlarni tartibga soling, muhim xabarlarga javob bering, jo‘natmalarni ko‘zdan kechiring – ularning ichida qiziqarli narsa bordir. Shunda hech narsani nazardan chetda qoldirmaysiz.

6. Ijtimoiy tarmoqlarga barham berish

Yangiliklar lentasini ko‘zdan kechiring va hech bo‘lmaganda bir necha soatga ijtimoiy tarmoqlar haqida unuting.

7. Mutolaa qilish

Kuniga bor-yo‘g‘i 6 daqiqa mutolaa zo‘riqish darajasini 68 foizga pasaytiradi. Elektron kitobni telefonga yuklab oling yoki yoningizda kichik shakldagi qog‘oz kitobni olib yuring. Taksidagi bu kabi sayohat qiziqarli bo‘lishi aniq.

8. Audiokitob tinglash

Agar transportda chayqalib, odatiy kitobni o‘qish qiyin bo‘lsa, kitobni audioshaklga almashtirganingiz ma'qul. Professionallar tomonidan o‘qilgan asarlarni tanlang. Ana o‘shanda yozuv deyarli audiospektaklga aylanadi.

9. Post yozish

O‘zingiz yozgan narsalarni omma e'tiboriga havola qilish shart emas. Hech bo‘lmaganda smartfon xotirasida saqlash uchun yozing. Matnda o‘ylaganlaringizning barini to‘kib soching. Bu ijodkorlikni rivojlantirish va ijodiy vazifalarni samaraliroq yechishda yordam beradi.

Foto: 500px

10. Kun davomidagi ishlar  ro‘yxatini tuzish

Agar taksida kechki payt ketsangiz, kelasi kun haqida o‘ylash mumkin. Har qanday holatda ham shaxsiy va ishga oid vazifalarni tartibga solish ortiqchalik qilmaydi. Oxir-oqibat ro‘yxatga ko‘z qiringizni tashlab, usutvorliklarni to‘g‘ri belgilay olishingiz mumkin. Bu esa samaradorlikka ijobiy ta'sir qiladi.

11. Podkast tinglash

Bu ko‘ngilochar yoki bilim olishga yordam beradigan kanal bo‘lishi mumkin. Ta'bingizga mos keladiganini tanlang.

12. Telefonni tartibga keltirish

Smartfon xotirasini tozalang, foydalanilmayotgan ilovalarni o‘chiring. Agar taksida tez-tez yursangiz, bulutli saqlash joylariga ham o‘ting – u yerda ham tozalash kerak bo‘lgan narsalar bordir.

13. Video tomosha qilish

Quvnoq roliklar xursandchilik gormoni – endorfinlarni ko‘paytiradi. Agar yo‘l uzoq bo‘lsa, vaqt serial epizodiga ham yetadi.

14. Musiqa tinglash

Quloqchinlardagi sevimli qo‘shiqlar kayfiyatni ko‘taradi va haydovchiga ham u bilan suhbatlashishni istamayotganingiz haqida signal beradi.

15. Haydovchi bilan suhbatlashish

Agar muloqotni yoqtirsangiz va quloqchinlar bilan bog‘liq signal tushunarsiz bo‘lsa, haydovchi bilan biror narsani muhokama qiling. Ba'zida bu qiziq bo‘ladi.

16. Miyani mashq qildirish

Smartfonga miya uchun mashqlarni o‘rnating va ularni bir necha marta bajaring. Ba'zi olimlar muntazam mashg‘ulotlar demensiya xavfini kamaytiradi deb hisoblaydilar.

17. Xotirani mashq qildirish

Biror she'rni yoddan ayting, voqealar ketma-ketligini tiklang, boshingizda ana shunday ma'lumot bor ekan, ayrim hollarda undan foydalanish kerak.

18. Miya hujumini tashkillashtiring

Agar biror vazifa tinchlik bermayotgan bo‘lsa, uni hal etish yo‘llari haqida o‘ylab ko‘ring. Eng jasur usullar ham mos keladi. Ehtimol ulardan biri kutilmagan g‘oya bo‘lar.

Foto: 500px

19. Atrofga qarash

Ko‘pchilik hatto sayrlar vaqtida ham smartfondan ko‘z uzmaydi. Atrofda esa hayot qaynamoqda. Taksida ketayotganingizda hech bo‘lmaganda o‘sha daqiqalarni bekorga o‘tkazib yubormang.

20. Yangi retsept topish

Odatiy taomlar ro‘yxatiga nostandart yechimlarni kiritish uchun oshpazlik blogini varaqlang.

21. Yangiliklarni o‘qish

Bu har doim ham yoqimli mashg‘ulot emas, biroq ayrim vaqtlarda so‘nggi voqealardan xabardor bo‘lish foydali.

22. Meditatsiya qilish

Taksida to‘liq xotirjam bo‘lish oson emas, biroq sinab ko‘rsa bo‘ladi. O‘zgaruvchan nafas texnikasi mos keladi: har bir burun teshigini alohida harakat qildiring. Bu aqlni tinchlantiradi va onglilikni oshiradi.

Mavzuga oid