Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni ikki baravar oshdi
O‘zbekistonda 2024 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 million kishidan oshdi.
Foto: Kun.uz
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar 611,6 ming nafarni tashkil etdi. Shundan 344,7 ming nafari 2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 57 foizini erkaklar, 43 foizini ayollar tashkil qiladi.
Hududlar kesimida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar eng ko‘p Samarqand viloyatida (470,1 ming). Undan keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo (413,6 ming) va Toshkent (378,3 ming), Andijon (370,9) viloyatlari turibdi. Toshkent shahrida o‘zini o‘zi band qilganlar soni 365,1 ming kishini tashkil qilgan.

O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar (2023 yil 1 oktyabrga nisbatan):
- maishiy xizmatlar — 133,6 foiz (987,4 mingta);
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 113,5 foiz (203,5 mingta);
- axborot-kommunikatsiya — 96,7 foiz (51,6 mingta).
Mavzuga oid
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
22:24 / 28.01.2026
Texnik xato Amazon kompaniyasining 16 ming kishini ishdan bo‘shatish rejasini oshkor qildi
18:21 / 23.01.2026
Har bir tumanda 5-10 ta mahallani bog‘laydigan sanoat zonalari tashkil etiladi
17:55 / 23.01.2026