2019 yil 23 may kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi tomonidan Mehnat va ijtimoiy masalalar hamda Fuqarolar soğligini saqlaş masalalari qömitalari bilan hamkorlikda ötkazilgan yiğilişda 2018 yil yakunlari hamda 2019 yil 1 çorak yakunlari böyiça Davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining ijrosi töğrisidagi hisobot qizğin muhokama qilindi.
2018 yil yakuniga köra, mamlakatning yalpi içki mahsuloti 407,5 trln. sömni taşkil etgani holda 2017 yilga nisbatan 5,1 foizga ösgan.
2018 yilda ijtimoiy xarajatlarni moliyalaştiriş uçun Davlat budjetidan 42,9 trillion söm yoki umumiy xarajatlarning 53,8 foizi miqdorida mablağ sarflangan bölib, bu xarajatlar YaIMga nisbatan 10,5 foizni taşkil etgan. Uşbu xarajatlarning 91,5 foizi yoki 39 trillion 251,3 mlrd. sömi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş xarajatlari hissasiga töğri kelgani deputatlar tomonidan e'tirof etildi.
Qömitalar tomonidan soğliqni saqlaş, ta'lim, ilm-fan, adabiyot, san'at va sport sohalarini rivojlantiriş, aholi bandligi va real daromadlarini izçil oşirib boriş, ijtimoiy himoyalaş tizimini takomillaştirişga qaratilgan tadbirlarni moliyalaştiriş budjet parametrlarida belgilangan yönalişlar doirasida öz vaqtida amalga oşirilişiga erişilgani ta'kidlandi. Xususan, ijtimoiy xarajatlarning asosiy qismi (48,3 foizi) ta'lim tizimi muassasalarini saqlaş va ularni rivojlantiriş xarajatlariga yönaltirilgan bölsa, madaniy meros obektlarini ta'mirlaş-tiklaş işlariga 47,6 mlrd. söm mablağ ajratilgan. Natijada 73 ta madaniy meros obektlarida ta'mirlaş-tiklaş işlari olib borilgan.
Davlat budjetidan ajratilgan 70 mlrd. söm, jumladan, futbolni rivojlantirişga 25 mlrd. söm mablağ yönaltirilgani natijasida yoşlarni sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga yanada kengroq jalb etişga, xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni qölga kiritişga, mamlakatimizda futbolning ommaviyligini ta'minlaşga erişişda muhim omil bölgani qayd etildi. Şuningdek, aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, xalqimizning turmuş farovonligini oşiriş xarajatlariga Davlat budjetidan 3 trillion 242,1 mlrd. söm miqdorda mablağlar sarflangan. Ayniqsa, yoş bolali oilalarni qöllab-quvvatlaş, kam daromadli oilalarga moddiy yordam körsatiş, bolalikdan nogironligi bölgan, pensiya tayinlaş uçun zarur iş stajiga ega bölmagan kariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga ajratiladigan nafaqalarning öz vaqtida moliyalaştirilişi aholining turmuş darajasini yaxşilaşga xizmat qilmoqda.
Deputatlar tomonidan soğliqni saqlaş sohasiga Davlat budjetidan ajratilgan 9 408,4 mlrd. söm mablağning manzilli yönaltirilgani bois, aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifati kundan-kunga oşib borayotgani ta'kidlandi.
Budjet taşkilotlari va budjet mablağlari oluvçilarda budjet töğrisida qonun hujjatlariga rioya etilişi yuzasidan davlat moliyaviy nazorat tadbirlari muntazam amalga oşirib kelinmoqda. Ötkazilgan nazorat tadbirlari natijalariga köra, 5 575 ta budjet taşkilotining 4 744 tasida 68 104,1 mln. söm miqdorida moliyaviy xatoliklar aniqlangan va budjet taşkilotlarining 201 nafar rahbar va mansabdor şaxslari 123,7 mln. söm miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Yiğilişda aniqlangan moliyaviy xatoliklar bilan aybdor şaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda çora körilişiga qaramay, hali-hanuz davom etayotgani va bunday holatlarga nisbatan qarşi keskin çoralar köriş lozimligi alohida ta'kidlandi.
Muhokamalar jarayonida davlat budjeti mablağlarining sarflanişida yöl qöyilgan xato va noqonuniy özlaştiriş kabi nomaqbul işlarga çek qöyiş, davlat budjeti mablağlarining töliq maqsadli sarflanişini ta'minlaşga erişişga qaratilgan çoralar köriş lozimligi qayd etildi.












