Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2025—2027 yillarga möljallangan Budjetnoma (.pdf) loyihasida maktab darsliklari uçun ijara pullarini qayta tiklaş taklif etilgan.

Unda qayd qilinişiça, umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlaşda ota-onalar iştirokini oşiriş maqsadida 2025/26-öquv yilidan 2–11-sinflarda bir töplam darslik va maşq daftarlari uçun ijara tölovi undiriş tizimini qayta yölga qöyiş rejalaştirilgan.

Ta’kidlanişiça, 2024 yilda bir öquvçi uçun bitta darslik va iş daftarlarining örtaça narxi 450−500 ming sömni (şundan maşq daftarlari — 100−150 ming sömni) taşkil etgan. Hujjatda bir töplam uçun 80 ming söm (tannarxning 16-18 foizi) miqdorida tölovni qayta tiklaş taklif etilgan. Uşbu tölovlar hisobiga şakllangan 376,6 mlrd söm mablağ har yili öquvçilarni maşq daftarlari bilan ta’minlaş xarajatlarining bir qismini qoplaşga yönaltirilişi ta’kidlangan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga köra, «darsliklar va maşq daftarlarining töliq davlat budjeti hisobidan çop etilişi ota-onalar mas’uliyati pasayib ketişi va darsliklarga nisbatan e’tiborsiz munosabatda böliş holatlarini keltirib çiqarmoqda».

Eslatib ötamiz, maktab ta’limi tizimida 2022 yildan beri darsliklar uçun ijara puli olinmayapti.