Bugun, 10 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi mutasaddilari iştirokida “Içki işlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylaştiriş sohasidagi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora tadbirlari töğrisida”gi prezident qarorining ijrosi yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi.
Asosan jinoyatçiliklar profilaktikasi va migratsiya masalalari muhokama qilingan tadbirda ma'lum qilinişiça, respublika böyiça profilaktika inspektorlari soni 5867 nafardan 7228 nafarga yetkazilgan, ularning 7056 nafari imtiyozli kreditlar asosida avtomaşinalar bilan ta'minlangan.
2019 yilning 5 oyi davomida ötgan yilning şu davriga nisbatan jinoyatlar soni 30,4 foizga (17484tadan 12171 tagaça) kamaygan. Jumladan öta oğir jinoyatlar 17,5, oğir jinoyatlar 25,1, ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyatlar 33, yoşlar tomonidan sodir etilganlari 38,3, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilganlari 29,2, ayollar tomonidan sodir etilganlar jinoyatlar 27,1 foizga kamayişiga erişilgan.
9093 ta mahalladan 67,1 foizida umuman jinoyat qayd etilmagan.
Tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbirining “ma'lumki Toşkent şahri va viloyatida propiska rejimini buzganlar jarimaga tortiladi. Xuddi şunday amaliyot respublikaning boşqa hududlarida ham amal qiladimi? Ya'ni Toşkent şahrida yaşovçi fuqaro biror viloyatga borib, belgilangan muddat davomida röyxatdan ötmasa, jarimaga tortiladimi?”-degan savoliga IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş Boş boşqarmasi boşliği, polkovnik Badriddin Şorixsiyev şunday javob berdi:
— Toşkent şahri va viloyati alohida region. Bunday amaliyot boşqa hududlarda qöllanilmaydi va boşqa hududlarga borganlar jarimaga tortilmaydi.
Ma'lumot örnida aytiş mumkinki, respublikamiz böyiça pasport rejimni buzganlik böyiça 586 mingdan ortiq jarima çoralari qöllanilgan, lekin bularning köp qismi pasport yaroqlilik muddati ötgani, yöqotilgani kabi holatlar bilan boğliq.












