Karbonat angidrid çiqindisi ekologiya holatiga katta ta'sir körsatadi va odamning tarkibida uglerod bölgan yoqilğini yoqiş kabi bir neça faoliyat turlari natijasida yuzaga keladi. Albatta, çiqindilar ösimliklarning çirişi kabi jarayonlar natijasi ham bölişi mumkin. Uşbu reytingda qöllaniladigan ölçov  sement işlab çiqariş va qazib olinadigan yoqilğini yoqiş çiqindilarini hisobga oladi. Bundan taşqari, ifloslaniş darajasini ölçaş uçun uglerod dvuokisi çiqindisining aholi jon boşiga töğri keluvçi mezonlaridan foydalaniladi, deydi facte.ru.

2015 yilda Qatar aholi jon boşiga 39,7 tonnaga yaqin çiqindi körsatkiçi bilan ifloslantiriş darajasi eng yuqori bölgan davlat edi. Kuvayt va Birlaşgan Arab amirliklari 24,4 va 21,8 tonnalik körsatkiç  bilan mos ravişda ikkinçi va uçinçi örinlarni egallaşdi. Yetakçilar beşligini 18,6 va 17,5 tonnalik körsatkiç bilan mos ravişda Avstraliya va Turkmaniston yakunlaydi.

Foto: Oil.Ekspert

Qatar

Karbonat angidrid gazi çiqindisi böyiça birinçi örinni Qatar egallaydi. 2017 yil holatiga Qatar aholisi 2,6 millionga yaqin kişini taşkil etgan. Bundan taşqari, mamlakat uglerodga töyingan neft mahsulotlarini ommaviy işlab çiqaruvçi hisoblanadi. 2012 yil holatiga köra, dunyo neft zaxirasining 13 foizidan kam bölmagan körsatkiçi mamlakat hisobiga töğri kelgan. Bu esa jami uglerod çiqindisi favqulodda darajada yuqori ekanini anglatadi.

Foto: FinanceSecond

Kuvayt

Qatar kabi Kuvayt ham neft konlariga boy mamlakat sanaladi. Bu ham aholi jon boşiga töğri keluvçi çiqindilar miqdorining katta miqdorda ekanini bildiradi. Davlatning havoni ifloslantiruvçi asosiy faoliyati: energetik soha, kimyoviy sanoat, transport. Çiqindilarning katta qismi mamlakatning janubi-şarqiy qismiga töğri keladi. U yerda turli sohalardagi köplab kompaniyalar joylaşgan. Bundan taşqari, mamlakat u qadar köp bölmagan aholi (4,2 millionga yaqin) va dunyo zaxirasining 10 foiziga yaqinini taşkil etuvçi neftning katta zaxirasiga ega.