Ekologik partiya Toşkent şahri havosining kuz-qiş oylarida köproq ifloslanayotgani muammosiga nimalar sabab bölayotgani haqida ma’lumot berdi. Unga köra, yirik şaharlarda atmosfera havosining yomonlaşuviga zararli taşlamalar, turğun manbalar va transport vositalari köproq sabab böladi. Partiya iqtisodiyot tarmoqlari va aholining energiya resurslariga bölgan talabi ortişi sabab uglevodorodlardan, kömir yoqilğisidan foydalanişning oşişi kuzatilayotganini qöşimça qilgan.
Ekopartiya ma’lumotiga köra, Toşkent şahri atrofida 1314 gektar maydonda 631 ta issiqxona faoliyat yurityapti. Ularning 60 foizi kömirdan, ba’zan esa rezina şinalar va boşqa yonuvçi vositalardan foydalanyapti. Şahar havosining yomonlaşuvida issiqxonalarning ta’siri köp.
Şuningdek, partiya havoning ifloslanişiga köp sanoat korxonalarida uskunalarning ma’nan eskirgani va aksariyat korxonalar zamonaviy filtrlar örnatmayotganini sabab qilib körsatgan.
Ekopartiya atmosfera havosi ifloslanişiga oid har qanday holatdan xavotirda ekanini bildirgan. Ekovazirlik va Boş prokuraturadan tezkor çoralar körişni sörab, deputatlik sörovi kiritişini ma’lum qilgan.
Eslatib ötamiz, 3 noyabrga ötar keçasi Toşkent şahri havosida zaharli zarraçalar miqdori 780 mkg/m3 darajagaça oşgan edi. Ifloslanişning asosiy sababi PM2,5 zarraçasi bölib, JSST tasdiqlagan me’yordan 93,2 barobar köp bölgani ma’lum qilingandi.

















