12 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Sardor Kariyev hamda Soğliqni saqlaş vazirligi tasarrufidagi bir qator taşkilotlar rahbarlari iştirokida oçiq muloqot bölib ötdi.
Unda “2019-2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmoğini yanada jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident farmoni ijrosi doirasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan ma'lumot berildi.
Hozirda Özbekistonda dori vositalari işlab çiqaruvçi 92 ta, tibbiy buyumlar işlab çiqaruvçi 61 ta, ham dori vositalari, ham tibbiy buyumlar işlab çiqaruvçi 11 ta korxona mavjud ekani qayd etildi.
“Mamlakatimizda farmatsevtika sanoatining işlab çiqariş hajmi 2018 yilda 178,3 mln dollarni taşkil etgan, — dedi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş Agentligi direktori Sardor Kariyev. — 2019 yilning 6 oylik davrida esa bu körsatkiç 115,27 mln dollardan iborat bölgan. 2018 yilda Özbekistonda işlab çiqarilgan 20,3 mln dollarlik farmatsevtik mahsulotlar xorijga eksport qilingan. Joriy yilning iyul holatiga köra, 13,7 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi”.
Import hajmi 2019 yilning 6 oyida 379,81 mln dollarni taşkil etgan. Ötgan yili esa 774,3 mln dollarlik mahsulot import qilingan.
Tadbirda respublikada işlab çiqarilgan dorilar çet ellarda röyxatdan ötkaziladimi, degan masalaga oydinlik kiritildi. Mutasaddilar bu amaliyot ançadan buyon davom etib kelayotganini ta'kidladi.
“2017 yil mobaynida 21 mahalliy farmatsevtika korxonasi tomonidan çet ellarda 294 nomdagi dori vositasi va tibbiy buyum, 2018 yilda 23 korxona tomonidan 338 dori vositasi va tibbiy buyum röyxatdan ötkazilgan, — dedi Sardor Kariyev. — 2019 yilning birinçi çoragida 180 nomdagi dori vositasi va tibbiy buyum Turkiya, Gruziya, Rossiya, Moldova, Afğoniston, Polşa, Ukraina, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlarda röyxatdan ötkazilgan”.
Jurnalistlar bilan suhbat davomida yurtimizda dorivor ösimliklarni yetiştiriş va qayta işlaş böyiça mavjud holat ham aniq statistik misollar orqali tahlil qilindi. Aytilişiça, 2018 yilda taşkil etilgan plantatsiyalarning 72 foizida qizilmiya, 10 foizida guljavhar, 4 foizida na'matak, 3 foizida moyçeçak, 11 foizida boşqa giyohlar yetiştiriladi.
“Hozirda dorivor ösimliklar yetiştiriladigan 11 ming 850 ta plantatsiya mavjud, — dedi Sardor Kariyev. — Giyohlarni qayta işlovçi 51 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Tuproğimizdan unib çiqayotgan dorivor ösimliklar asosan Xitoyga (31%), Turkiyaga (24%), Hindistonga (10%) eksport qilinadi”.













