Uşbu öquv yilidan boşlab oliy öquv yurtlariga hujjatlar töliq Davlat test markazi (DTM) dasturi orqali universitet va institutlarda, şuningdek, davlat xizmatlari agentliklarida qabul qilinmoqda. Ilk bor qöllanilayotgan tajriba jarayonida yuz berayotgan nosozliklar va buning oqibatida kunning jaziramasida talabalar ulkan navbatlarda turişga majbur bölayotgani haqida xabarlar tarqalib turibdi.
Kun.uz yana bir bor Davlat test markazida bölib, mutasaddi va texnik mutaxassislarni suhbatga tortdi hamda bu holga nimalar sabab bölayotganiga qiziqdi.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Ma'lum bölişiça, 8 iyul kunidan boşlab hujjatlarni röyxatdan ötkazişda katta qiyinçiliklar yuzaga kela boşlagan va DTM serverlariga yuklamalar tuşa boşlagan. Biroq, DTM serverida heç qanday muammo yuz bermagan. Server soniyasiga 20ta, daqiqasiga 1200ta qaydni bemalol kötariş imkoniyatiga ega.
Davlat test markazi bölim boşliği Uluğbek Noraliyev mazkur vaziyat yuzasidan öz fikrlarini bildirdi. Dastlabki kunlari turli sub'yektiv sabablarga köra oliygohlarda navbatlar hosil bölganiga qaramasdan, ayni kunlarda hujjatni röyxatdan ötkaziş bir maromda davom etmoqda.

Davlat test markazi boş mutaxassisi Habibulla Nuraliyevning tuşuntirişiça, DTMda mavjud imkoniyatlar zaxirasi töliq işga tuşmasdan ham ayni qabul jarayonida işlarni töxtovsiz amalga oşiriş imkonini beradi. Kun.uz’ning texnik mutaxassisi jarayonni öz közlari bilan kuzatdi va özini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
DTM mutaxassislari oliygohdagi turli tuşunmovçiliklar va muammolarni bartaraf etiş uçun mutasaddilar bilan doimiy aloqani yölga qöyişgan.

Hozirgi hujjat qayd etişning eng çöqqiga çiqqan kunlarida ham daqiqasiga 120tadan 200tagaça hujjatlar qayddan ötkazib borilmoqda. Bir kun davomida qayd etilayotgan hujjatlar soni 100-110 mingdan oşadi.
Biz borgan 12 iyul kuni soat 17:00ga qadar qayddan ötkazilgan hujjatlar soni 101 ming 300dan oşgan edi.
Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev oliygohlar bilan qayta aloqa örnatilganini şunday tuşuntirdi:
Hujjat qayd etilganidan söng topşirgan oliygohi yoki ta'lim yönalişini almaştiriş hollari ham köp uçramoqda va navbatlar hosil bölişiga sabab bölmoqda. 8 iyul kuni 81 ming qayd ötkazilgan bölsa-da, jami operatsiyalar soni 89 mingtani taşkil etgan. Ya'ni, qariyb 8000 abituriyent öz ma'lumotlarini tahrirlagan.

Davlat test markazi direktori örinbosari Qahramon Haqberdiyev hujjatlarni qayddan ötkaziş jarayoni eson-omon yakunlangaç, test imtihonlarigaça böladigan jarayonlar haqida qisqaça tuşuntiriş berib ötdi.

Davlat test markazi mutaxassislari ilk marta qöllanayotgan bu usulda ayrim kamçiliklar bölişi bilan birgalikda, katta tajriba töplanilayotganini qayd etişdi. Bu tajriba kelgusi yillarda yanada asqotişi, şuningdek, belgilangan muddatda abituriyentlarning barçasining hujjatlari qayddan ötkazilişiga ulgurişlari ta'kidlab ötildi.













