Google, Amazon va Facebook kabi yirik xalqaro kompaniyalar ofislari boşqa davlatda joylaşgan bölsa ham soliqlarni pul işlayotgan mamlakatlarda tölaşlari kerak. “Katta yettilik” mamlakatlari moliya vazirlari va milliy Markaziy bank rahbarlari aynan şu qarorga kelişgan, deya xabar bermoqda ru.euronews.com.

“Yettilik” vakillari xususiy kompaniyalarni minimal soliqqa tortiş haqida kelişib olişdi. Mamlakatlar davlatlar örtasidagi soliq borasidagi agressiv raqobat, soliq dempingi, va ayrim kompaniyalar tomonidan soliqdan qoçiş maqsadida öylab topiladigan optimizatsiyaga çek qöyiş haqidagi qarorlarini tasdiqlaşdi”, - deya ma'lum qildi Fransiya moliya vaziri Bruno Lyo Mer.

Uçraşuv iştirokçilari kriptovalutalar maksimal darajada qat'iy nazorat qilinişi kerakligi haqida kelişib olişdi. Vazirlar steyblkoin – volatillik bilan tasdiqlanmagan kriptovalutalarga alohida e'tibor qaratişdi. Facebook kelasi yili muomalaga çiqarişni rejalaştirayotgan Libra ham ana şundaylar turiga mansub.

“Bugungi kun steyblkoinlarni xalqaro darajada muvofiqlaştiriş yölidagi qadam böldi. Gap innovatsion konsepsiyalarni aqlsizlarça bosiş haqida emas, biz texnologik işlanmalar uçun oçiqmiz, steyblkoinlar esa iqtisodiy rivojlaniş borasidagi imkoniyatlarni taqdim etadi. Xavotir uçun sabab yöq, biroq ogoh böliş zarur”,-deydi 
Germaniya Federal banki rahbari Yens Vaydman

Vazirlar Facebook’ni pullar yuvilişiga qarşi kuraşiş borasidagi qonunçilikka rioya etişga çaqirdi va internet-gigantidan tranzaksiyalar xavfsizligini ta'minlaş va foydalanuvçilar ma'lumotlari himoyasini ta'minlaşni talab etdi.

Avvalroq Facebook’ning raqamli valutasi – libra dunyodagi yirik taşkilotlardan biriga aylanişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.