Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika vazirligi qo‘shimcha 17ta energoblokni modernizatsiya qilish bo‘yicha taklif tayyorlash vazifasini bajarmagan
Foto: RIA Novosti / Mixail Voskresenskiy
2019 yil 26 iyul kuni Oliy Majlis Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda qurilish, energetika hamda iqtisodiyot va sanoat vazirliklarining maqsadli vazifalarni joriy yil birinchi yarim yilligida bajarish bo‘yicha hisobotlari eshitildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, Energetika vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida energiya nuqtai nazaridan samarador va tejamkor texnologiyalarni joriy etish, energiya resurslarini iste'mol qilish monitoringini olib borish kabi yo‘nalishlarda izchil faoliyat olib bormoqda. Bunda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga, sohada kadrlar malakasini muntazam oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
2019 yilda vazirlik zimmasiga jami 24 ta vazifa yuklatilgan bo‘lib, shundan 8 ta vazifani ijro etish muddati joriy yilning birinchi yarim yilligi belgilangan. Ularning aksariyati o‘z vaqtida bajarilgan bo‘lsa-da, ayrim topshiriqlarni ro‘yobga chiqarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani alohida ta'kidlab o‘tildi. Xususan, qo‘shimcha 17ta energoblokni modernizatsiya qilish bo‘yicha taklif tayyorlash vazifasi bajarilmagan. Bu esa foydalanishdagi generatsiya quvvatlarining umumiy hajmida zamonaviy va modernizatsiya qilingan energouskunalar ulushini oshirish vazifasining bajarilmasdan qolishiga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, yil davomida bajarilishi belgilangan tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya va infratuzilma loyihalarini qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash ishlari boshlanmagan. Bu holat “O‘zbekenergo” AJ va uning tarkibiy korxonalarining moliyaviy sog‘lomlashtirilishini ta'minlash vazifasi ijrosining ta'minlanishini so‘roq ostida qoldiradi.
Muhokama jarayonida aholi va tadbirkorlik sub'yektlaridan tushayotgan haqli e'tirozlar, energiya ta'minotidagi uzilishlar, iste'molchilar qonuniy huquqlarining buzilishi holatlari, tizimda energiya sarfi ustidan nazorat yetarli emasligi kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
18:58 / 23.04.2026
Parlament komissiyasida o‘rmonlardan foydalanish va cho‘llanishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026