“Yashil” elektr stansiyalar orqali atmosferaga yiliga 21 mln tonna zararli gazlar chiqishi oldi olinadi - Energetika vazirligi
Kelgusi olti yilda O‘zbekistonda “yashil” elektr stansiyalar quvvatini 20 gigavattdan oshirish maqsad qilingan. Ushbu muddat ichida mamlakatda 50 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini yaratish rejalashtirilgan. Buning natijasida yiliga 15 mlrd kub metrga yaqin tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Bu haqda Toshkent shahrida o‘tayotgan Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligida Energetika vazirligi mas’ullari ma’lum qildi.
Toshkent shahrida Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida “Yashil energetika sohasi rivojlanish istiqbollari” mavzusida panel sessiya bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Energetika vazirligi mas’ullari, xalqaro ekspertlar, xorijiy investorlar ishtirok etdi.
Anjumanda qatnashgan Acwa Power kompaniyasi vakili O‘zbekistonni sohadagi hab sifatida ko‘rishini va ushbu mamlakat orqali qo‘shni davlatga chiqish imkoniyati mavjudligini ta’kidlab, hamkorlikda olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi:
“O‘zbekistonda 15 ta loyihani amalga oshirmoqdamiz. Vazifamiz mamlakatingizga energiya almashinuvi jarayonining oldinga siljishiga yordam berishdan iborat. Muloqotda aytilganidek, qayta tiklanadigan energiyadan tashqari, vodorod energiyasi va gidroenergetika sohasini rivojlantirish ham yashil energiyaga o‘tishda muhim ahamiyatga ega, shuning uchun hozirda yashil vodorod loyihasi ustida ish olib bormoqdamiz. Fikrimcha, bu O‘zbekistonning ekologik toza energiyaga o‘tishida katta qadam bo‘ladi”, – dedi Aswa Power kompaniyasining qurilish bo‘yicha mintaqaviy direktori Entoni Brinkuizen.
O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol energetikasi loyihasini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan “Masdar” kompaniyasi vakili esa ishlab chiqarilayotgan energiya quvvatlarini oshirish uchun 2030 yilgacha mo‘ljallangan maqsadlar aniq belgilangani investorlar ishonchini oshirayotganini aytdi:
“Investitsiya infratuzilmasini yangilashda yaxshi o‘zgarishlar bo‘lyapti. Ayni vaqtda mamlakatingizda o‘zaro hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan energiya quvvatini ikki barobarga oshirishni reja qilganmiz. Bu kabi muloqotlarni o‘tkazish hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega”, - dedi “Masdar” kompaniyasining investitsiyalar va rivojlanish bo‘yicha direktori Abdulla Zayed.
Energetika vazirligining bildirishicha, o‘tgan 6 yilda O‘zbekistonda issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xorijiy investorlar bilan umumiy qiymati 29 mlrd 234 mln dollarga teng bo‘lgan 50 ta bitim imzolangan. Bu orqali investorlar tomonidan 50 ta zamonaviy elektr stansiya qurilishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, hozirda 7 ta viloyatda umumiy quvvati 2,7 GVt bo‘lgan 9 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarilmoqda. 2030 yilgacha 120 ming kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari, 105 ta podstansiya hamda 35 mingdan ortiq transformatorlar qurilishi va yangilanishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qo‘shini Sumi markaziga raketa zarbalari yo‘lladi
Jahon | 14:59
-
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
-
«Ikkinchi jahon urushidan keyin Berlinda bo‘lgani kabi» –Trampning maxsus vakili Ukrainada nazorat zonalari yaratishni taklif qildi
Jahon | 12:37
-
«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari
Sport | 12:08
Mavzuga oid

15:45 / 10.04.2025
8 tonna suyultirilgan gazni sotuvga noqonuniy chiqarish holati aniqlandi

15:09 / 09.04.2025
Qoraqalpog‘istondagi “Shoxpaxta” gaz koni bo‘yicha “Gazprom” bilan bitim yakuniga yetdi

08:41 / 08.04.2025
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda

08:14 / 04.04.2025