Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xodimlari A'zam Madaminov va Husain Rajapov çakana savdo sohasida faoliyat yurituvçi savdo tarmoqlariga nisbatan antimonopol çeklovlarni joriy qiliş masalasida tahliliy maqola e'lon qildi. Vazirlik saytida joylaştirilgan maqolada mazkur sohada qulay savdo va raqobat muhitini yaratiş maqsadida, savdo tarmoqlariga mahsulot yetkazib beruvçilarga nisbatan kamsituvçi va noqulay şaroitlar yuzaga kelişini oldini olişga yordam beradigan antimonopol qoidalarni belgilaş taklif etilmoqda. Quyida maqola matni töliq holda keltiriladi.
Hozirgi vaqtda oziq-ovqat mahsulotlarini sotiş bozorida savdo tarmoqlarining ta'siri kuçayib bormoqda. Masalan, Özbekistondagi yirik savdo tarmoqlaridan birining savdo obektlari soni bor yöği 2 yil içida deyarli 3 barobarga köpaygan. Albatta, buning heç qanday yomon joyi yöq, aksinça, har bir yangi savdo obekti bu yangi iş örinlari degani.
Şu bilan birga, yirik savdo tarmoqlarining faoliyati bilan boğliq ba'zi muammolar mavjud. Savdo tarmoqlari özining katta hajmda tovarlar sotib oliş imkoniyati tufayli çakana savdo bozoridagi raqobat muhitiga ta'sir körsatiş imkoniga ega. Savdo tarmoğining paydo bölişi, odatda, şu hududdagi kiçik savdo obektlariga jiddiy ta'sir qiladi, köpinça kiçik savdo obektlari avvalo öz mahsulot narxini pasaytirişga, keyinçalik esa yirik savdo tarmoqlari bilan raqobatga doş bermay öz faoliyatini töxtatişga majbur bölişadi. Natijada, tovar yetkazib beruvçilarning mahsulotlarini sotib oluvçilar doirasi torayib boradi, bu esa öz navbatida yetkazib beruvçilarni savdo tarmoqlariga “qaram” qilib qöyadi, savdo tarmoği yetkazib beruvçilar (işlab çiqaruvçilar) bilan şartnomaviy munosabatlarda «yuqori mavqega» ega böladi. Bu esa savdo tarmoğiga yetkazib beruvçilarga nisbatan kamsituvçi va noqulay şartnoma şartlarini qöyiş imkonini beradi.
Kamsituvçi şartlarga misol qilib bir turdagi mahsulotni yetkazib beruvçilar uçun savdo tarmoği tomonidan turli xil yetkazib beriş şartlarini örnatilişi, şartnoma şartlarini aynan bir xilda buzganlik uçun turli xil javobgarlik belgilanişi va boşqa şunga öxşaş şartlarni körsatiş mumkin.
Noqulay şartnoma şartlariga esa boşqa savdo tarmoqlari bilan tovarlarni yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzişni taqiqlaş, yetkazib beruvçidan boşqa savdo obektlari bilan tuzilgan şartnomalar töğrisida ma'lumotni talab qiliş, tovarlar va mahsulot narxini yetkazib beruvçiga (işlab çiqaruvçiga) zarar yetkazadigan darajada arzonlaştirişni talab qiliş, sotilmay qolgan va yaroqlilik muddati ötgan mahsulotlarni yetkazib beruvçiga qaytarib beriş, tölovlarni asossiz keçiktiriş kabi şartlarni kiritiş mumkin.
Bundan taşqari, savdo sohasidagi noinsof harakatlar toifasiga savdo tarmoqlari tomonidan yetkazib beruvçilarga tanlab olişning aniq va bir xil mezonlarini taqdim etmaslik, yetkazib beruvçilarning takliflarini körib çiqişni asossiz rad etiş, yetkazib beriş huquqini beriş uçun qöşimça tölov talab qiliş kabilarni ham kiritsa böladi.
Savdo tarmoqlari va yetkazib beruvçilar munosabatlaridagi muammolar
Özbekistonda savdo tarmoqlari tomonidan tovar yetkazib beruvçilarga nisbatan adolatsiz munosabatlar bölib turişi haqidagi gaplar oldindan mavjud bölsa-da,bu masala rasman deyarli kötarilmagan edi.
Lekin, joriy yilning 26-iyun kuni Özbekiston Savdo-sanoat palatasida ötkazilgan tadbirkorlar bilan uçraşuvda yetkazib beruvçilar ba'zi savdo tarmoqlarini mahalliy tovar yetkazib beruvçilar (işlab çiqaruvçilar)ga nisbatan import yetkazib beruvçilar bilan taqqoslaganda kamsituvçi tölov şartlarini örnatişda aybladilar. Xususan, ular mahalliy yetkazib beruvçilarga mahsulot yetkazib berilgan kundan boşlab 30-60 kun (ba'zan 9 oygaça) davomida tölov amalga oşirilmasligi, import mahsulotlarini yetkazib beruvçilarga 100% oldindan tölov qilinişi, sotilmagan va muddati ötgan tovarlarni yetkazib beruvçiga qaytarib berilişi kabi holatlardan noroziliklarini bildirganlar.
Uşbu ayblovlarga Özbekistondagi yirik savdo tarmoqlaridan birining vakili ijtimoiy tarmoq orqali javob berdi. Javoblarga e'tibor bering:
1. “Savdo tarmoği mahsulot yetkazib beruvçilarga öz vaqtida haq tölamaydi”. Tölov bilan boğliq barça masalalar qonunçilik va yetkazib beriş şartnomalariga muvofiq tartibga solinadi. Tomonlar uşbu şartlarni muhokama qiladilar va şartnomani imzolaydilar. Nega davlatga şikoyat qilib, tölov muddatini qisqartirişni söraşadi, agar şartnomani özlari imzolagan bölsa? Bolalar boğçasi, qisqasi.
2. “Savdo tarmoği sifatsiz va muddati ötgan tovarlarni yetkazib beruvçiga qaytaradi”. Bu masala ham bizning şartnomalarimiz bilan tartibga solinadi, lekin bu yerda şuni qöşimça qilmoqçimanki, biz sizning şerigingiz sifatida iste'molçilar tomonidamiz: ular bizning xöjayinlarimiz va biz narx va sifat masalalarida har doim ularning tarafdorimiz, şuning uçun bizni keçiring, hurmatli işlab çiqaruvçilar.
3. Agar biz sizning huquqlaringizni buzgan bölsak, unda biz ham siz kabi xöjalik yurituvçi sub'yektlarmiz. Özingizni savodli va madaniyatli tarzda tuting, şartlarning bajarilişini talab qiling va agar biz ularni buzgan bölsak, sudga murojaat qiling, şunda bizdan sizning foydangizga jarima ham undirişadi. Ammo siz bunday qilmaysiz, çunki sudda iş şartnoma va qonun asosida körib çiqiladi va bu şartnomani siz ham, biz ham imzolaganmiz. Va biz uni buzmadik. Yiğilişlarda bizni quruq gaplar bilan ayblaş osonroq, şunday emasmi?”.
Savdo tarmoği vakilining yetkazib beruvçilarni mensimaslik elementlari mavjud uşbu javobini “yuqori mavqe” kuçining yaqqol namunasi deyiş mumkin. Çunki, savdo tarmoğining vakili yetkazib beruvçilarni bolalarga qiyosladi, ularga savodli va madaniyatli bölişni maslahat bergan holda muammoning mohiyatiga oid barça masalalarni imzolangan şartnomaga havola qilib qöyaqoldi.
Savdo tarmoğining özini bunday tutişi savdo tarmoqlari bilan ularga tovar yetkazib beruvçilar örtasidagi munosabatlarda jiddiy muammolar mavjudligini körsatadi.
Albatta, davlat bunday vaziyatda tegişli çora körişi kerak. Ayni vaqtda ta'kidlaş lozimki, yuqoridagi holatda savdo tarmoqlarini qonun bilan aybdor qiliş juda qiyin, çunki amaldagi qonunçilikka köra, şartnomada kamsituvçi va noqulay şartlar qöyişni taqiqlaş qoidasi faqat tovar bozorida “ustun mavqe”ni egallab turgan xöjalik yurituvçi sub'yektlariga nisbatan qöllaniladi. Tovarlarning uluşi ellik foiz va undan köpni, şuningdek, muayyan şartlar mavjud bölganda öttiz beş foizdan ellik foizgaçani taşkil etadigan xöjalik yurituvçi sub'yekt yoki şaxslar guruhining mavqei tovar bozorida ustun deb hisoblanadi ("Raqobat töğrisida" gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi). Boşqaça qilib aytganda, uşbu taqiq kamsituvçi şartlarni örnatuvçi tomon tovar bozorda ustun mavqeni egallab turgan xöjalik yurituvçi sub'yektlarning davlat reyestriga kiritilgan sub'yektlarga nisbatan qöllaniladi. “Ustun mavqe”ni suiiste'mol qilganlik uçun qonunçilikda tegişli javobgarlik belgilangan.
Lekin, Özbekiston Respublikasi Raqobat qömitasining ma'lumotlariga köra, hozirda Özbekistonda heç qaysi savdo tarmoği ustun mavqeni egallab turgan xöjalik yurituvçi sub'yektlar davlat reyestriga kiritilmagan. Bu esa hozirgi kunda savdo tarmoqlarini kamsituvçi va noqulay şartlarni belgilaganlik uçun javobgarlikka tortişga yöl qöymaydi.
Şunday qilib, yetkazib beruvçilar va işlab çiqaruvçilar savdo tarmoqlari tomonidan “yuqori mavqe”ni suiiste'mol qiliş holatlaridan himoyalanmagan.
Xorij tajribasi
Uşbu masala böyiça xorijiy davlatlarning tajribasi şuni körsatadiki, Avstriya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Latviya, Italiya, Yaponiya, Fransiya, Slovakiya, Rossiya va Qozoğistonda çakana savdo faoliyati bilan şuğullanuvçi va ustun mavqega ega bölgan xöjalik yurituvçi sub'yektlar uçun maxsus antimonopol qoidalar örnatilgan, uşbu qoidalarni buzganlik uçun javobgarlik ham belgilangan.
Ba'zi davlatlarda (Germaniya, Latviya, Yaponiya, Koreya Respublikasi) bunday qoidalar töğridan-töğri monopoliyaga qarşi qonunlar, boşqa mamlakatlarda esa –sohaviy qonunlar bilan örnatilgan (“Qişloq joylarda mahalliy yetkazib beruvçilarni himoya qiliş töğrisida”gi qonun (Avstriya), Tijorat kodeksi (Fransiya), “Çakana savdo tarmoqlarini ma'muriy tartibga soliş töğrisida” gi Qonun (Slovakiya), “Rossiya Federatsiyasida savdo faoliyati asoslarini davlat tomonidan tartibga soliş töğrisida”gi Qonun (Rossiya), “Savdo faoliyatini tartibga soliş töğrisida”gi Qonun (Qozoğiston).
Yuqoridagi köplab mamlakatlarda, MDH davlatlaridan taşqari, savdo-sotiq va şartnomaviy munosabatlarda antimonopol talablar buzilganligini aniqlaş maqsadida maxsus “yuqori mavqeni suiistemol qiliş” tuşunçasidan keng foydalaniladi. Şu bilan birga, “yuqori mavqe”ning umumiy mezonlari sifatida mahsulot yetkazib beruvçining savdo tarmoğiga qaramlik darajasi, kontragentni almaştiriş imkoniyatining çegaralanganligi, savdo obekti va yetkazib beruvçi örtasida uzoq muddatli savdo munosabatlarining mavjudligi ham e'tiborga olinadi.
MDH mamlakatlaridan Rossiya Federatsiyasining tajribasi e'tiborga loyiq. “Rossiya Federatsiyasida savdo faoliyati asoslarini davlat tomonidan tartibga soliş töğrisida”gi Qonunda savdo tarmoqlari bilan savdo tarmoqlariga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvçi xöjalik yurituvçi sub'yektlar uçun maxsus antimonopol qoidalar belgilangan. Uşbu qonun bilan şartnomada tovarlarni yetkazib beruvçilarga nisbatan kamsituvçi şartlar belgilaş, tovar bozoriga kiriş yoki tovar bozoridan çiqiş uçun tösiqlar yaratiş, şuningdek, quyidagi şartlarni qöyiş ta'qiqlangan:
- xuddi şunday faoliyat turi bilan şuğullanuvçi yoki şunday şartlarda faoliyat olib boruvçi boşqa xöjalik yurituvçi sub'yektlar bilan yetkazib beriş şartnomalarini tuzişni taqiqlaş haqidagi şartlarni;
- yaroqlilik muddati öttiz kundan ortiq bölgan tovarlarni yetkazib beruvçiga qaytariş haqidagi şartlarni (faqat qonunçilikda töğridan töğri nazarda tutilgan yoki ruxsat berilgan bölsagina mumkin);
- boşqa kamsituvçi şartlarni qöyiş.
Muammoning yeçimi
Yuqorida aytib ötilgan xorijiy davlatlarni tartibga soliş tajribasidan kelib çiqqan holda, Özbekistonda ham quyidagilarni nazarda tutuvçi tegişli qonun hujjatlarini qabul qiliş lozim:
1. Savdo tarmoqlari tomonidan yetkazib beruvçilarning huquqlari va manfaatlarini kamsitişga, noqulay şartlar örnatişga olib keladigan harakatlarni, şu jumladan, quyidagi harakatlarni taqiqlaş:
- tovar bozoriga boşqa xöjalik yurituvçi sub'yektlarning kirişiga yoki çiqişiga tösiqlar qöyiş;
- şartnoma predmetiga taalluqli bölmagan şartlarni, şu jumladan moliyaviy mablağlarni, boşqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni özga şaxsga ötkazişga doir asossiz talablarni, şuningdek raqobatning çeklanişiga olib keladigan yoki olib kelişi mumkin bölgan boşqa harakatlarni sodir etiş talablarini majburan qabul qildiriş;
- yetkazib beruvçiga boşqa raqobatçi xöjalik yurituvçi sub'yektlar bilan hamkorlikni çeklaşga olib keladigan şartlar qöyiş, sotilmagan tovarlarni qaytariş va şartnomaga boşqa kamsituvçi şartlarni kiritiş, yetkazib beriş huquqi yoki assortimentni özgartiriş uçun qöşimça haq oliş.
2. Raqobat töğrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq “ustun mavqe”ga ega bölmagan, lekin savdo sohasida “yuqori mavqe”ga ega xöjalik yurituvçi sub'yektlarga nisbatan antimonopol qoidalarni buzganlik uçun javobgarlik belgilaş.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tegişli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqişni boşladi. Loyihalar işlab çiqilib, belgilangan tartibda Hukumatga kiritilişi rejalaştirilgan.












