Jumladan, Toşkentdagi Xalqaro Nordik universiteti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiyasi instituti va Maskat universiteti örtasida anglaşuv memorandumlari imzolandi.
Ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari örtasida ötkazilgan muzokaralar davomida biznes va menejment, muhandislik, işlab çiqariş, sanoat korxonalari, geologiya, konçilik, neft-gaz, elektr-mexanikasi va elektr-texnologiyalari, yaşil energetika, arxitektura, transport va logistika, qişloq xöjaligi va agrotexnologiya sohalari böyiça mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaşning holati tahlil qilindi.
Hamkorlikda xorijiy tajribalar va texnologiyalarga asoslangan qöşma savdo obektlarini yaratiş, biznes sohasida yuqori malakali kadrlar almaşiş kabi qator yönalişlarda hamkorlik istiqbollari xususida fikr almaşildi.












