— Qöy, öğlim, yonimda ötir, Baxtiyor öqişdan kelsa, özi taşib qöyar.

Rohat aya şunday deb, öğlini oldiga çaqirdi. Lekin yoşlarga gap uqtirib bölarmidi, Olimjon kiyimlarini yeçdi-da, maşinada kelgan ötinni hovliga taşiy boşladi. Özi asosan safarlarda yurib, onasiga tuzukroq qaraşa olmaydi, ukasiyam balki çarçab kelar.

Çilla çiqqani bilan, havo hali issiq, Olimjon bir pasda terga botdi. Lekin işni oxirigaça bitirib, onasining oldiga kelib ötirdi.

— Oyi, ertaga ketyapman.

— Bilaman, bolam. Şunga diydoringga töyib olay deyapman-da..

— Qiziqsiz-a, yangilikmi bu, uç kunda qaytib kelaman-ku? Menga-ku şunçalik, ertaga Baxtiyor ham orqamdan ketsa, qanday çidarkinsiz?— öğil şunday deb kuldi-da, oyisining tizzasiga boş qöydi.

— Soğinaman-da…

— Borib kelay, biratöla, uç-tört kunda kelaman, böptimi?

— Yöq, sen xotiningning yonida bölib tur, özi yaxşi qilibsan, bugun olib kelmay. Issiqda uydan çiqmay turgani ham yaxşi.

Ayaning xayoli birdan keliniga ketdi: «oy-kuni yaqin, işqilib eson-omon qutulib olsin-da...»

Olimjon yuvinib çiqib, oyisining duosini oldi-da, maşinaga çiqdi. Biroz uzoqlaşgaç, xuddi bir nima esdan çiqqandek, maşinani töxtatib, qaytdi. Qaytadan xayrlaşdi.

***

Ahmad aka öğlini qattiq quçdi. Hali yigirmaga kirmadi, yaqinda butun qişloqning faxri bölib ketadi bu bola. Oliygohga kirdi. Ha endi, bizdan ham çiqsin-da, bir maşhur inson.

— Şoşmang, dada, hali yana bitta imtihonim bor. Bir oydan keyin bölarkan.

— Ruxsat berişarmikin, tayyorlanişga?

— Berişadi. Menga şuning uçun bir oylik ta'til berişdi.

— Zör-ku, unda ketdik, buyoği oson köçibdi. Seni ustozlaringdan sörab, olib ketgani keluvdim. Qişloqqa boramiz, töyni ötkazib, biroz dam olasan, keyin qaytib kelaverasan.

— Yöq, men ta'tilga rozi bölmadim. Indinga uçişimiz kerak.

— Iye, öşa kuni töy-ku, ötkazib, keyin ketsang bölmaydimi? Men özim ruxsat sörab beraman.