Klub rasmiy sayti özbek futboli uçun katta yöqotişga aylangan voqea stenogrammasini keltirib ötgan.

1979 yilning 11 avgusti. Toşkent vaqti böyiça soat 13dan 35 daqiqa 38 soniya ötgan. Şu lahzada Toşkent-Gurev-Donetsk-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Çelyabinsk-Kişinyov reysini bajarayotgan şu rusumdagi boşqa samolyot bilan töqnaşib ketdi. Fojia yerdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bölgan 178 kişi halok böldi. Ular orasida öşa vaqtda özbek futbolining faxri hisoblangan «Paxtakor»ning 17 nafardan iborat tarkibi ham bölgan. Afsuski, dispetçerning xatosi ikki yuzga yaqin insonlarni bu hayotdan olib ketdi.

Öşa kuni Xarkovdagi havo harakatlarini boşqariş markazida 6 nafar dispetçer navbatçilik qilayotgandi. Bölim boşliği Sergeyev yoş Nikolay Jukovskiyni iş örniga ötkazdi va unga rahbarlik qilib turişni Vladimir Sumskoyga topşirdi.

Öşa kuni bu hududda ob-havo unçalik yaxşi emasdi. Osmonni bulutlar egallagan bölib, ular 8-9 kilometr balandlikda ham qalin joylaşgandi. 65735 bort raqamli Tu-134 samolyoti Moskva vaqti bilan soat 13:11da Donetskdan havoga kötariladi. A.S.Komarov boşçiligidagi ekipaj a'zolari 77 yölovçini manzillari tomon yetkazib qöyişlari zarur edi. 12:53da Voronejdan uçgan boşqa bir Tu-134 esa 65816 bort raqamiga ega bölib, unda A.A.Taranenko komandirlik qilayotgandi. Moldovaga tegişli samolyot salonida 88 nafar yölovçi röyxatga olingandi. Ulardan 16 nafari 12 yoşgaça bölgan bolalar bölgan.

11 avgustda sodir bölgan voqealar quyidagi holatda yuzaga kelgan:

7:50. Xarkov havo harakatlarini boşqariş markazida rahbar Sergeyev janubiy-ğarbiy yönalişga mas'ul etib katta tajribaga ega bölmagan Jukovskiyni qöydi. Uning harakatlarini nazorat qilişni esa birinçi klassli dispetçer Sumskoyga topşiradi. Vaholanki, bu hudud sobiq SSSRda samolyotlar eng köp uçib ötadigan yölga ega edi. Odatiy kunlarda ham uşbu joy osmonida boşqa hududlardan köra iş ança qizğin bölardi.

13:17. Moldovaga qaraşli Tu-134 samolyoti Xarkov markazi bilan aloqaga çiqdi. Komandir 9600 metr balandlikni egallaşni söradi. Lekin Jukovskiy unga bu yöl band bölişini aytib, rad javobini berdi.

Keyin esa aloqaga Minskka tegişli bölgan Tu-134 çiqib, komandir Komarov samolyot 5700 metr balandlikda ekanini aytib, özi uçun belgilangan 9600 metr masofaga kötarilişni söradi. Har ikki samolyot yönalişi Dneprodzerjinsk tumani osmonida töğri burçak ostida kesişar, lekin oradagi farq bir daqiqani taşkil etardi. Biroq Jukovskiy hisobda adaşib ketadi hamda ikki samolyot uçib ötiş farqi 3 daqiqa deb belgilab oladi. Şu sababli u Komarovga 7200 metr balandlikni egallaşga buyruq beradi.