Özbekiston Prezidentining “Qişloq xöjaligi mahsulotlarini çuqur qayta işlaş va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror mohiyatini keng jamoatçilikka tölaqonli yetkaziş hamda mavjud imkoniyatlar va kutilayotgan natijalarni muhokama qiliş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari boşçiligida 7 avgust kuni Iqtisodiyot va sanoat vazirligida Qişloq xöjaligi mahsulotlarini çuqur qayta işlaş va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirişning ustuvor vazifalariga bağişlangan amaliy seminar ötkazildi. Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorning asosiy maqsadi mamlakatning agrosanoat tizimi mavjud salohiyatidan samarali foydalaniş, içki imkoniyatlar asosida intensiv agrosanoat tizimini taşkil qiliş hamda oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirişdan iborat.
Mazkur qarorga asosan, 2019–2021 yillarda:
– respublikaning 8 ta, ya'ni Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Toşkent, Farğona va Xorazm viloyatlarida xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobiga 3 mln. tonna siğimga ega bölgan yirik agrologistika komplekslari barpo etiladi;

– Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida siğimi 360 ming tonna bölgan jami 37 ta zamonaviy agrologistika markazlari taşkil qilinadi;
– qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş böyiça jami 174 ta va oziq-ovqat sohasida import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş böyiça jami 24 ta yirik investitsiya loyihalari amalga oşiriladi;
– meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan tumanlarda mavjud samarasiz boğlar örnida meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan 36 ming gektar intensiv boğlar taşkil etiladi.

Bundan taşqari, “Özstandart” agentligining respublika hamda Namangan va Samarqand hududiy sinov va sertifikatlaştiriş markazlari huzuridagi sinov laboratoriyalarini töliq modernizatsiya qiliş va yangi uskunalar bilan ta'minlaş, oziq-ovqat sohasida 726 ta xalqaro standartlarni joriy qiliş kabi çora-tadbirlar belgilanmoqda.























