Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi
Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Andijon viloyati hokimligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va “Hunarmand” uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Qarorga muvofiq:
2019 yilda Andijon viloyatida ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
2019 yilda Andijon viloyatida ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlash bo‘yicha yo‘nalishlar kesimidagi taqsimot va manzilli ro‘yxat;
Andijon viloyatida 2019 yil davomida bandlik dasturi asosida xotin-qizlar uchun yaratiladigan qo‘shimcha ish o‘rinlarining yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti;
2019 yilda Andijon viloyatida Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va tadbirkorlarning mablag‘lari hisobidan o‘z tadbirkorligini tashkil etadigan xotin-qizlarning tuman (shahar) kesimidagi asosiy parametrlari va manzilli ro‘yxati;
Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan 2019 yilda Andijon viloyatida arzon uy-joylar ajratilgan doimiy daromadga ega bo‘lmagan va kreditni qoplashga layoqati yetarli bo‘lmagan, biroq kasanachilik bilan shug‘ullanish istagidagi xotin- qizlarni zamonaviy tikuv mashinalari bilan ta'minlash ro‘yxati;
Xotin-kizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablaglari hisobidan Andijon viloyatida og‘ir ijtimoiy ahvolga gushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va oilalarga ajratiladigan reabilitatsiya texnik vositalari taqsimoti;
Andijon viloyatida 2019 yilda “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan tashkil etiladigan tikuv-trikotaj majmualarida kam ta'minlangan xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash rejasi tasdiqlandi.
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Andijon viloyatida hunarmandchilik va ipakchilik klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash hamda shu maqsadda mahallalarda hunarmandchilik va ipakchilikka ixtisoslashgan yengil konstruksiyali sexlarni tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlaydi.
Hujjatda belgilanishicha, Andijon viloyati hokimligi:
yangidan tashkil etiladigan hunarmandchilik va ipakchilik klasteri tashkilotlarida klaster tizimini to‘liq o‘z ichiga olgan jarayonni tashkil etish, yangi tutzorlarni tashkil etish uchun paxtadan qiskartirilgan yerlardan 100 gektardan kam bo‘lmagan yer maydonlari ajratilishini ta'minlaydi;
zamonaviy pilla yetishtirish inshootlarini qurish uchun tumandagi tashkilotlarning bo‘sh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan hamda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlardan belgilangan tartibda ajratilishini ta'minlaydi;
2019 yilda “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan tashkil etiladigan tikuv-trikotaj majmualariga ishga joylashtiriladigan xotin-qizlarni malaka toifasiga ko‘ra kasb-hunar kollejlarida kasbga o‘qitilishini tashkil etadi.
Andijon viloyati hokimligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “Uzto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda viloyatda ishsiz xotin-qizlarning o‘z vaqtida bandligini ta'minlash choralarini ko‘radi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin- qizlarga va oilalarga ajratiladigan reabilitatsiya texnik vositalarini manzilli yetkazilishini ta'minlaydi.
Qarorda viloyatda jami 16 ming 413 nafar ishsiz xotin-kizlarning bandligini ta'miilash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, kam ta'minlangan oilalar ro‘yxatida turuvchi 1 ming 789 nafar xotin-qizlarning turmush sharoitini yaxshilash, mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan ayollarni viloyatda tashkil qilinayotgan yirik tekstil korxonalariga ishga joylashtirish rejalashtirilgan.
Viloyatda istiqomat qilayotgan 2 044 nafar xotin-qizlarni “ustoz- shogird” an'analari asosida hunarmandchilikka o‘rgatish orqali bandligi ta'minlanadi.
Har bir mahallada kamida 3 tadan kichik issiqxonalar tashkil etish orqali 1 ming 700 nafardan ortiq xotin-qizlarning bandligini ta'minlash ko‘zda tutilmoqda.
Shaxsiy tomorqasidan samarali foydalanayotgan oilalardagi 2 ming nafardan ortiq xotin-qizlarning rasmiy bandligini ta'minlab, mehnat daftarchalari yuritilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Viloyatdagi ishsiz xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida Andijon. Bo‘z, Izboskan, Ulug‘nor, Paxtaobod, Qo‘rg‘ontepa tumanlarining sanoat korxonalari kam rivojlangan hududlarida 300 tadan ish o‘rinli tikuv-trikotaj majmualari tashkil etiladi.
“Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida 1 ming 994 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatida bandligi ta'minlanadi.
Viloyatdagi 965 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning kelajakda mehnat qilish imkoniyatini yaratish va jamiyatga integratsiya qilish maqsadida Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan manzilli choralar amalga oshiriladi.