Andijon viloyatida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida 2 kişi halok bölgan, yana 2 kişi kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
Hodisa 2024 yil 13 oktyabr kuni tunda soat 01:30 da 4R-81 Namangan-Mingbuloq avtomobil yölining Uluğnor tumani Özbekiston mahallasi hududidan ötgan qismida sodir bölgan.
Spark haydovçisi çarçoq holatida uxlab qolib, boşqaruvini yöqotgan va yölning qarama-qarşi tomoniga ötib ketgan. Söng öz yönalişida harakatlanib kelayotgan Damas maşinasi bilan töqnaşgan.
Oqibatda yonğin kelib çiqqan va har ikkala transport vositasi töliq yonib ketgan. Hodisada ikki kişi voqea joyida halok bölgan. Yana ikki kişi şifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Uluğnor tumani IIB tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar ölimiga sabab bölgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.












