Özbekiston mustaqilligining 28 yilligi arafasida Prezident Islom Karimov asos solgan iqtidorli yoşlarning çet elda ta'lim olişlarini qöllab-quvvatlaş “Umid” jamğarmasi stipendiatlari bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda Karimov Fondi xabar bermoqda.

“Umid” jamğarmasi 1990-yillar oxiri – 2000-yillar boşida Özbekistonning iqtidorli yoşlariga, ta'bir joiz bölsa, porloq istiqbolga yöllanma bergan edi. Prezident jamğarmasining 5 yillik faoliyati mobaynida 800 nafardan ziyod özbekistonlik yigit-qiz Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQŞ, Fransiya va Yaponiyaning yetakçi oliy öquv yurtlarida ta'lim oldi.

“Umid”çilar bilan uçraşuv doirasida Karimov Fondi tomonidan ta'sis etilgan Yevropa oliygohlarida magistratura yönalişida ta'lim uçun uçinçi grantlarning 10 nafar sohibiga sertifikatlar ham taqdim etildi. Şahodatnomalarni Tatyana Karimova topşirdi.

Keça mehmoni, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toşkent filiali dotsenti, favqulodda va muxtor elçi, taşqi işlar vazirining sobiq örinbosari Baxtiyor Islomov öz çiqişida bunday dedi:

“Islom Abduğaniyeviç mamlakatimiz uçun muşkul sinov damlarida ham bozor iqtisodiyotiga ötişning turli modellari iqtisodiy va huquqiy jihatlarini örganiş uçun bizni Garvard universitetiga yuborişga tayyor edilar. U kişi xorijda tahsil juda muhim ahamiyatga ega ekani, dunyo körgan kadrlar kelajakda Vatan taraqqiyoti yölida xizmat qilişini yaxşi bilar edilar. Darhaqiqat, 25 yil davomida turli lavozimlarda işlab, Islom Abduğaniyeviç bildirgan işonçni oqlaşga harakat qildik”. 

Karimov Fondi tomonidan taşkil etilgan ma'rifiy anjumanda qatnaşgan “umid”çilar çet elda öqiş davri xotiralari bilan ham örtoqlaşdilar. Xususan, xorijdagi tahsil ular hayotida hal qiluvçi ahamiyat kasb etgani, Özbekistonga qaytganlaridan keyin taqdirlarida qanday özgarişlar röy bergani haqida sözlab berdilar.

Xususan, Buyuk Britaniyadagi Uorvik universiteti bitiruvçisi, ayni paytda Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisining birinçi örinbosari Bobur Karimov quyidagi mulohazani bildirdi: “Hayotga yöllanma” degan ibora çuqur ramziy ma'noga ega. Çindan ham, munosib ta'lim olgaç, hayotimizni mustaqil Özbekiston ravnaqiga xizmat qiliş, istiqbolda yanada ulkan yutuqlarga erişişga bağişladik”.