16 mart kuni AOKAda xalq ta'limi tizimida malakali kadrlar tayyorlaş masalalariga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. Kun.uz muxbiri tadbir spikerlaridan biri, Özbekistondagi maktablar uçun yangi avlod öqituvçilari va boşqaruv kadrlarni tayyorlaşga ixtisoslaşgan Toşkent xalqaro universiteti rektori Uluğbek Qosimxöjayev bilan intervyu uyuştirdi.

Sobiq «umidçi» intervyu davomida xalq ta'limi tizimi, unga kerakli kadrlar tayyorlaş masalalari hamda «umidçilar» faoliyati haqida gapirdi.

— Özbek jamiyatida ta'lim tizimida qilingan xatolar, ta'lim berişdagi past sifat va bilimsiz kadrlar haqida köp gapiriladi. Siz zamonaviy kadrlar tayyorlaydigan yangi universitet rektori, bu borada xorij tajribasini körgan kişi sifatida öşa xatoliklarni nimada körasiz?

— Sörayotganingiz birgina böğinda qilingan xatolar emas, bu tizimli muammolar. Xalq ta'limi tizimidagi muammolar natijasida jamiyatda yillar davomida öqituvçining hurmati tuşib bordi. Endi bunga eltgan sabablar ham bor.

Bilasiz, kadr qayerda işlaş qulay bölsa, şu yerga intiladi. U işlaş uçun noqulay, byurokratiya rivojlangan, tekşir-tekşirlar avjida, obodonlaştiriş işlariga tinimsiz jalb etiladigan iş joyidan, albatta, qoçadi.

Öqituvçi avvalo, tarbiyalovçi. Lekin tarbiyalovçining öziga şaroit yaratilmas ekan, yaxşi kadrlar u yerga bormaydi. Işlar oxir-oqibatda şu darajaga borib yetdiki, odamlar farzandining öqişi, bilim olişiga e'tiborsiz qaray boşladi.

Rivojlangan davlatlarda ham bolani tarbiya qiliş, bilimli kadr sifatida yetiştirişda ota-onaning örni katta. Işni heç qaçon maktabning özi va öqituvçiga taşlab qöyiş kerak emas. Uzluksiz ta'lim şu – uyda ham davom etişi kerak.

Hozir Özbekistonda katta lavozimlarda işlaydigan insonlarni oling, Şerzod Şermatov, Ruslan Davletov, Sardor Umurzoqov... hammasi oddiy oiladan çiqqan. Bularni jipslaştiruvçi bitta omil bor. Ular özlari ilmga, bilimga intilgan. Ilm topiş uçun tanlovlar, «Umid» kabi jamğarmalar orqali çet elda öqib kelgan.

Qiş kunlaridan birida Pop tumanidan ötayotgandim. Toğ yöli. Hamma joy qor. Şu havoda böyi 1 metrli yoş bolalar yelkasiga katta sumka ortvolib, taxminan 4-5 km masofadagi maktabga piyoda ketyapti. Ya'ni bu bolalardagi bilimga iştiyoq. Ularda harakat bor. Lekin biz bu iştiyoq sönib qolmasligi uçun ularga şaroit yaratib berişimiz kerak.