Hukumat qarori bilan Ekologiya qo‘mitasiga yangi vazifa yuklandi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Belgilanishicha, 2021 yil 1 yanvardan boshlab atrof tabiiy muhitga ta'sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan yangi ishga tushiriladigan xo‘jalik sub'yektlarining atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari (postlari) majburiy tartibda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar mablag‘lari hisobidan o‘rnatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi sohasida barcha vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi:
idoraviy tahlil laboratoriyalarining moddiy-texnik jihozlanishini tubdan yaxshilash, shuningdek, ularni atrof tabiiy muhit davlat monitoringini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy reaktivlar, sinov gazlari, prekursorlar va boshqa sarflash materiallari bilan markazlashtirilgan tartibda ta'minlash bo‘yicha kelishilgan takliflarni uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar;
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda respublika va viloyat darajasidagi barcha idoraviy tahlil laboratoriyalari akkreditatsiyadan o‘tkazilishini ta'minlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
atrof tabiiy muhitga ta'sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan mavjud xo‘jalik sub'yektlarini atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari (postlari) bilan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich jihozlash bo‘yicha takliflarni 2020 yil 1 yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma'lumotlar bazasi 2021 yil 1 yanvarda to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro tashkilotlar va donor mamlakatlar mablag‘larini jalb etish hisobidan 2021 yil 1 dekabrida respublikada atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashtirilishini ta'minlaydi.
Vazirlar Mahkamasining “2016-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016 yil 23 avgustdagi 273-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
16:17 / 07.11.2024