20 sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda joriy yilgi Qonunçilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman/şahar kengaşlariga saylovlar 22 dekabr sanasida bölib ötişi hamda saylov kampaniyasi bugundan start olişi haqida ma'lum qilindi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Uluğbek Abdusalomov hamda beşta siyosiy partiya rahbarlari “Saylov ─ 2019” tadbirlariga tantanali tarzda start berişdi.

Bu yilgi saylovda qanday özgarişlar böladi?
Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Uluğbek Abdusalomov 2019 yilning eng muhim siyosiy voqeasi ─ Qonunçilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman/şahar kengaşlariga saylovlar tartibidagi yangiliklar xususida ma'lumot berdi.

Butun respublika böyiça saylovçilarning yagona elektron röyxati şakllantiriladi. Ilgari har bir hududning öz lokal röyxati asosida iş körilgan, natijada bir kişi bir neça uçastkadan ovoz berişi mumkin bölardi. Röyxat yagona bölgani bois endi buning imkoni bölmaydi, har bir saylovçining ovoz bergan-bermagani yagona bazada qayd etiladi. Şuningdek, butun oila nomidan bir kişi kelib ovoz berişi hollariga ham yöl qöyilmaydi.
Saylov uçastkalari haqida ma'lumotlar bir bazada jamlanadi. Har bir saylov uçastkasining joylaşgan örni, manzili elektron tarzda biz bazaga jamlanadi. Bu uçastkaga qaysi fuqarolar qaraşi ham kiritiladi. Fuqarolar öz pasport ma'lumotlarini teriş orqali qaysi uçastkaga va qaysi manzilga borişi kerakligi haqida osonlik bilan ma'lumot olişi mumkin böladi.
Saylov bilan boğliq barça savollarga qulay tarzda javob oliş mumkin böladi. Fuqarolar, saylov kuzatuvçilari, çet ellik ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari saylov jarayonlari bilan boğliq özlarini qiziqtirgan ma'lumotlarni qulay şaklda olişlari uçun kun-u tun işlaydigan koll-markaz hamda telegram bot işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, saylov jarayoni haqidagi barça ma'lumotlarni özida jamlagan “Saylov ─ 2019” mobil ilovasi ham işlab çiqilmoqda.
Saylov komissiyasi a'zolari maxsus tayyorgarlikdan ötadi.













