Qonun loyihalari kelishib olinishi jarayoniga yuzaki yondashilayotgani tanqid qilindi
Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi majlisida adliya vaziri o‘rinbosari A.Toshqulovning hisoboti eshitildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil uchun mo‘ljallangan faoliyat samaradorligini va maqsadli vazifalarga erishilishini baholash asosiy mezonlarining uchinchi chorakda bajarilishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Ta'kidlanishicha, Adliya vazirligi tomonidan Baholashning asosiy mezonlarida ko‘rsatilgan maqsadli vazifalarni bajarish va ularga erishish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, vazirlik tomonidan 15 ta bandda ko‘rsatilgan 39 ta tadbirning bajarilishi nazarda tutilgan bo‘lib, shundan 11 ta banddagi 14 ta topshiriqning ijro muddati 2019 yilning I-III choraklari etib belgilangan.
Ammo o‘tgan davr mobaynida topshiriqlardan 2 tasi yakuniga yetkazilmasdan qolgan. Xususan, FHDYo organlari arxivlaridagi 20 millionta hujjatni raqamlashtirish uchun zarur uskunalarning yetkazilishi hamda autsorsing shartlari asosida jismoniy va yuridik shaxslarni jalb qilishi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilishi topshirilgan bo‘lsa-da, mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha zarur ma'lumotlar taqdim etilmagan.
Deputatlar bajarilishi mo‘ljallangan maqsadli vazifalarning asosiy tadbirlarini poyoniga yetkazish yuzasidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mumkin qadar qisqartirish, ortiqcha ma'muriy tartib-taomillarni bartaraf etish, shuningdek, davlat xizmatlari markazlarida idoralararo hamkorlikni rivojlantirish hisobiga aholi uchun maqbul qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, majlisda deputatlar Adliya vazirligining yagona davlat huquqiy siyosatini olib borish, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish va uning samaradorligini oshirish borasidagi faoliyatida mavjud bo‘lgan bir qator kamchiliklarga e'tibor qaratdilar.
Qonun loyihalarini kiritish chog‘ida Vazirlar Mahkamasi va boshqa qonunchilik tashabbusi sub'yektlari vazirliklar, idoralar, asosiysi, Adliya vazirligi bilan kelishib oladi. Ammo ushbu kelishuvlardan so‘ng ham qonun loyihalari deputatlar tomonidan qayta-qayta ishlanmoqda, o‘zgartishlar kiritilmoqda. Bu, deputatlar fikricha, qonun loyihalari kelishib olinishi jarayoniga yuzaki yondashilayotganini anglatadi.
Eshituv davomida parlament a'zolari tomonidan bildirilgan takliflar asosida Adliya vazirligining davlat huquqiy siyosatini amalga oshirish borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir galdagi vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisoboti eshituvi yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning tegishli qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid
18:54 / 25.10.2024
O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat va antikvar avtomobil haqida ma’lumot berildi
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
20:50 / 07.08.2024
O‘zboshimcha egallangan yer qanday qonuniylashtiriladi? Yangi qonun bo‘yicha mutaxassis bilan suhbat
09:43 / 24.07.2024