Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Jinoyat Kodeksining qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash bilan bog‘liq moddasi yangi qismlar bilan to‘ldiriladi.

Foto: Getty Images
«Qiynoqlarning oldini olish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Qonun bilan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash oqibatida inson o‘limiga sabab bo‘lgan holatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Jumladan, Jinoyat Kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq 235-modda (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) yangi qismlar bilan to‘ldiriladi.
Misol uchun, qiynoqlar badanga og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum etib, 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shuningdek, qiynoqlar jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum etib, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, qiynoqqa solish muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shu bilan birga, qiynoqqa solish bir guruh shaxslar tomonidan, takroran, dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Loyihada ta’kidlanishicha, amaliyotda qiynoq oqibatida o‘lim holati yuz berganda, qo‘shimcha modda bilan malakalash talab etilmaydi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Orol tubida sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi
O‘zbekiston | 08:50
-
Medinskiy Ukraina delegatsiyasini 16 may kuni ertalab Istanbulda kutadi
Jahon | 08:49
-
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
Jamiyat | 08:48
-
Putin Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari bosh qo‘mondonini almashtirdi
Jahon | 08:14
Mavzuga oid

12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi

19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin

10:54 / 06.12.2024
Rossiyada farzandini qiynoqqa solgan o‘zbekistonlik ayol qamaldi

10:59 / 21.08.2024